ALG‘OV-DALG‘OV DUNYODA
2 Pulingizni tejang va bor narsalaringizni saqlang
NEGA BU MUHIM?
Ko‘plar kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun anchagina ter to‘kyapti. Afsuski, dunyodagi muammolar vaziyatni yanada chigallashtirishi mumkin. Nega?
-
Ko‘ngilsizlik yuz bergan hududlarda oziq-ovqat va uy-joy kabi narsalarning narxi oshadi.
-
Iqtisodiy inqiroz tufayli ishsizlik ko‘payishi, maoshlar esa pasayishi mumkin.
-
Ofatlar tufayli odamlarning ish joylari, uylari yoki mol-mulkiga zarar yetib, oqibatda ko‘plar kambag‘al bo‘lib qolishi hech gap emas.
Nimani bilishingiz kerak?
-
Puldan donolik ila foydalansangiz, inqiroz paytida unchalik qiynalmaysiz.
-
Sotib olgan narsalaringiz, topgan yoki yiqqan pulingiz o‘z qadrini yo‘qotishi mumkinligini yodda saqlang.
-
Ba’zi narsalarni, masalan, baxtni va oilaviy birlikni pulga sotib ololmaysiz.
Hozir nima qilishingiz mumkin?
Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Xullas, yegulik, kiyim va boshpanamiz bo‘lsa, shular bilan qanoat qilaylik». (1 Timo‘tiyga 6:8)
Qanoat qilish ba’zi istaklarimizdan voz kechishni va kundalik ehtiyojlarimizni qondirish imkoni borligidan mamnuniyat topishni o‘z ichiga oladi. Bu fazilatni ayniqsa pulimiz kam bo‘lganida namoyon etish muhim.
Boriga qanoat qilish uchun hayotingizni soddalashtirishingizga to‘g‘ri kelar. Sarf-xarajatingiz topayotgan pulingizdan ko‘proq bo‘lsa, iqtisodiy ahvolingiz yomonlashadi.