12- QISM
Ilohiy donolik
Hikmatlar kitobi ilohiy maslahatlar to‘plami bo‘lib, ularni asosan shoh Sulaymon yozadi
TANGRI YAHOVA dono Hukmdor ekanini nima isbotlayapti? Bu savolga javob olish uchun, Uning maslahatlarini ko‘rib chiqaylik. Ular qanchalik amaliy? Ularni qo‘llasak, hayotimiz yanada baxtli va mazmunli bo‘ladimi? Dono shoh Sulaymon hayotning har bir sohasiga tegishli yuzlab hikmatli so‘zlar yozgan. Hozir esa, ulardan ba’zilarini bilib olamiz.
Xudovandga tayanish. Tayanish — Alloh bilan yaqin munosabatga ega bo‘lishning asosiy kalitidir. Shoh Sulaymon shunday yozgan: «O‘z aql-idrokingga suyanma, butun qalbing bilan Egamizga ishon. Har ishingda Egamizni e’tirof et, shunda U yo‘llaringni to‘g‘rilaydi» (Hikmatlar 3:5, 6). Agar, Xudodan yo‘l-yo‘riq so‘rash va itoatli bo‘lish orqali Unga tayanishimizni ko‘rsatsak, hayotimiz yanada mazmunli bo‘ladi. Shu tariqa, Yahovaning qalbini quvontira olamiz. U esa, dushmani bo‘lmish Shaytonning ayblovlariga javob qaytara oladi (Hikmatlar 27:11).
Boshqalar bilan bo‘lgan munosabatda, donolikni namoyon etish. Allohning maslahatlari erlar, xotinlar va bolalar uchun har qachongidan ko‘ra, bugun ayniqsa amaliydir. Xudoyi Taolo erlarni vafodor bo‘lishga chorlab, shunday maslahat bergan: «Ko‘z ochib ko‘rganing bilan quvongin» (Hikmatlar 5:18–20). Erli xotinlar xo‘jayini va bolalarining maqtoviga sazovor bo‘lish uchun, Hikmatlar kitobidan zo‘r nasihatlar topishlari mumkin (Hikmatlar 31- bob). Bolalar esa ota-onasiga quloq solishlari kerakligi aytilgan (Hikmatlar 6:20). Shuningdek bu kitobda, do‘stlikning muhimligi, boshqalardan ajralib yurish esa xudbinlik ekanligi ko‘rsatilgan (Hikmatlar 18:1). Do‘stlar bizga yaxshi yoki yomon ta’sir qilar ekan, ularni donolik ila tanlashimiz zarur (Hikmatlar 13:20; 17:17).
Donolik bilan yo‘l tutish. Hikmatlar kitobi, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilmaslikka, ijobiy fikrlashga va mehnatkash bo‘lishga chorlamoqda (Hikmatlar 6:6; 14:30; 20:1). Shuningdek, Xudoning donoligiga emas, o‘z aql-idrokimizga suyanish baxtsizlik keltirishi haqida ogohlantirmoqda (Hikmatlar 14:12). Hikmatlar kitobi qalbimizni har xil yomon ta’sirlardan ehtiyot qilishga bizni chorlamoqda. Sababi, qalbimiz go‘yo «hayot bulog‘idir» (Hikmatlar 4:23).
Ushbu maslahatlar inson hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishga qodir ekaniga, millionlab insonlar amin bo‘lishdi. Natijada, ular Xudoni Hukmdor sifatida tan olishmoqda.
Hikmatlar kitobiga asoslangan.