Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

8- DARS

Yig‘ilishlarimizga nega chiroyli kiyinib boramiz?

Yig‘ilishlarimizga nega chiroyli kiyinib boramiz?

Islandiya

Meksika

Gvineya-Bisau

Filippin

Ushbu risoladagi rasmlarda Yahovaning Shohidlari yig‘ilishlarga chiroyli kiyinib borishi tasvirlanganiga ahamiyat berdingizmi? Nima sababdan biz kiyinishimizga va tashqi ko‘rinishimizga bunchalik e’tibor beramiz?

Xudoyimizga bo‘lgan hurmatni ko‘rsatamiz. Allohimiz bizning tashqi ko‘rinishimizga qarab baho bermasligi rost gap. (1 Shohlar 16:7) Ammo Xudoyimizga topinish uchun yig‘ilganimizda, biz Uni va imondoshlarimizni chin qalbdan hurmat qilayotganimizni ko‘rsatmoqchimiz. Agar prezident qabuliga borsak, uni hurmat qilayotganimiz tashqi ko‘rinishimizda namoyon bo‘layotganiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Shunga o‘xshab, yig‘ilishlarimizda tashqi ko‘rinishimiz bilan «butun yer yuzining Hakami» Tangri Yahovaga va topinish joyimizga nisbatan ehtirom ko‘rsatamiz. (Ibtido 18:25).

Qaysi qadriyatlar bo‘yicha yashayotganimizni namoyon etamiz. Muqaddas Kitob masihiylarni «or-nomus va fahm-farosat bilan» kiyinishga undaydi. (1 Timo‘tiyga 2:9, 10) «Or-nomus» bilan degani, ko‘z-ko‘z qilib, noo‘rin e’tiborni jalb etib yoki ochiq kiyinib yurmaslikni anglatadi. «Fahm-farosat» esa pala-partish va g‘alati emas, balki jozibali kiyinishga yordam beradi. Bu qoidalar turlicha kiyinish tanlovini o‘zimizga qo‘yib beryapti. Bizning jozibali va did bilan kiyinishimiz «Qutqaruvchimiz Xudoning ta’limotini bezaydi» va «Unga shon-sharaf keltiradi». (Titusga 2:10; 1 Butrus 2:12) Yig‘ilishlarga munosib kiyinib, biz boshqalarning Tangri Yahovaga topinishga bo‘lgan nuqtai nazariga ta’sir qilamiz.

Agar chiroyli kiyimingiz bo‘lmasa, tashvishlanmang. Sizni Yig‘ilish zalida doimo iliq kutib olishadi. Muhimi, kiyimimiz toza va orasta bo‘lishi kerak.

  • Kiyinish tarzimiz Xudoyimizga topinishda qanchalik muhim?

  • Kiyinish va tashqi ko‘rinishga nisbatan qaysi yo‘l-yo‘riqqa amal qilamiz?