1 Butrus 2:1-25

  • Allohning kalomiga sevgini rivojlantirish (1-3)

  • Tirik toshlardan ruhiy uy quriladi (4-10)

  • Dunyoda musofirlardek yashash (11, 12)

  • O‘rinli bo‘ysunish (13-25)

    • Masih biz uchun o‘rnak (21)

2  Shu bois, har turli yaramaslikni+, yolg‘onni, ikkiyuzlamachilig-u hasadni va har qanday tuhmatni o‘zingizdan soqit qilinglar.  Yangi tug‘ilgan chaqaloq+ sof sutni tusaganidek, sizlar ham Allohning kalomiga bo‘lgan sevgingizni rivojlantiringlar. Chunki u orqali sizlar ulg‘ayib, najotga erishasizlar+.  Zero sizlar Hazratimizning mehrini tatib ko‘rgansizlar.  Sizlar insonlar tomonidan rad etilgan+, ammo Xudo tomonidan tanlangan, qimmatbaho tirik toshga+ yaqinlashganingizda,  o‘zlaringiz ham tirik toshlar kabi bo‘lib, sizlardan ruhiy uy qurila boshlandi+. Toki sizlar muqaddas ruhoniylar bo‘lib, Iso Masih orqali Tangriga manzur bo‘ladigan+ ruhiy qurbonliklar keltiringlar+.  Axir Muqaddas Yozuvlarda: «Ana, Men Sionda poydevorning burchagiga qo‘yiladigan negiz tosh, saralangan qimmatbaho tosh o‘rnataman. Unga ishongan hech kimning umidi puchga chiqmaydi»+,— deyilgan.  Siz imonlilar uchun u qimmatbahodir, biroq imonsizlar uchun «quruvchilar keraksiz deb tashlagan tosh+, burchakka qo‘yiladigan negiz toshi* bo‘lib chiqdi»+.  Shuningdek, ular uchun «qoqintiradigan tosh va yiqitadigan qoya»+ hamdir. Ular kalomga itoat qilishmagani uchun qoqinishyapti. Ularni kutayotgan oxirat shu edi.  Ammo sizlar «tanlangan nasl, ruhoniylar shohligi, muqaddas xalq+, Allohning mulkisizlar»+. U sizlarni zulmatdan O‘zining ajoyib nuriga da’vat etib+, Uning «oliy fazilatlarini har yerda e’lon etish uchun»+ tanlagan. 10  Sizlar xalq emasdingiz, ammo endi Tangrining xalqisizlar+. Sizlarga rahm-shafqat ko‘rsatilmagandi, endi esa ko‘rsatildi+. 11  Azizlarim, sizlar ushbu dunyoda musofir hamda vaqtinchalik fuqarolarsiz+. Shuning uchun sizlarni tana istaklaridan saqlanishga da’vat etaman+, chunki ular sizlarga qarshi kurashyapti+. 12  O‘zga xalqlar orasida yurish-turishingiz o‘rnakli bo‘lsin+. Sizlarni yomonlik qiluvchilar deb ayblashganda, ular yaxshi ishlaringizni ko‘rib+, Alloh tekshirgan kunda Unga shon-sharaf keltirishsin. 13  Hazratimiz haqqi har turli insoniy hukumatlarga+: xoh u yuqori martabani egallagan shoh bo‘lsin+, 14  xoh u tomonidan jo‘natilib, yomonlik qiluvchilarni jazolaydigan, yaxshilik qilganlarni maqtaydigan hokimlar bo‘lsin, ularga bo‘ysuninglar+. 15  Zero Tangri sizlar yaxshi ishlar qilib aqlsiz odamlarning ahmoqona gaplariga chek qo‘yishingizni istaydi+. 16  Erkin insonlardek bo‘linglar+, biroq bu erkinlikdan yomonlikni yashirish* maqsadida emas+, balki Xudoning qullaridek foydalaninglar+. 17  Har turli insonlarni hurmat qilinglar+, imondoshlaringizni sevinglar+, Allohdan qo‘rqinglar+, shohga hurmat ko‘rsatinglar+. 18  Xizmatkorlar ham o‘z xo‘jayinlariga to‘la hurmat bilan bo‘ysunishsin+. Nafaqat mehribon va mulohazali, balki ko‘nglini topish qiyin bo‘lgan xo‘jayinlariga ham bo‘ysunishsin. 19  Agar kimdir Xudoning oldida vijdonini toza saqlashga intilib qiyinchilik ko‘rsa va nohaq azob cheksa, bu Unga ma’quldir+. 20  Axir gunoh qilganingiz uchun kaltak yeyishga chidasangiz, buning nimasi maqtanarli?+ Lekin yaxshilik qilganingiz uchun azob chekib bunga chidasangiz, Allohning roziligini olasiz+. 21  Sizlar shu maqsadda da’vat etilgansizlar. Chunki Masih ham sizlar uchun azob chekib+, uning izidan og‘may yurishingiz uchun o‘rnak ko‘rsatdi+. 22  U hech qanday gunoh qilmagan+, og‘zidan birorta yolg‘on so‘z ham chiqmagan+. 23  Haqoratga+ haqorat bilan javob qaytarmagan+. Azob chekkanda+ hech kimga do‘q-po‘pisa qilmagan, aksincha, o‘zini odil Hakamning+ qo‘liga topshirgan. 24  Gunohlardan qutulib+, adolat bo‘yicha yashashimiz uchun, u gunohlarimizni o‘zining tanasi bilan birga ustunga olib chiqqan+. Sizlar «uning yaralaridan shifo topdingiz»+. 25  Sizlar adashgan qo‘ylar kabi edingiz+, endi esa jonlaringizning* cho‘pon-u+ posboniga qaytib keldingiz.

Izohlar

So‘zma-so‘z «burchak boshi». Lug‘atga q.
Yoki «oqlash».
Yoki «hayotlaringizning».