1 Yuhanno 5:1-21

  • Isoga ishongan kishi dunyoni yengadi (1–12)

    • Xudoni sevish nima degani? (3)

  • Ibodatning kuchiga ishonish (13–17)

  • Yovuz dunyodan ehtiyot bo‘lish (18–21)

    • Butun dunyo Shaytonning hukmidadir (19)

5  Isoning Masih ekaniga ishonadigan har bir kishi Xudoning farzandidir+ va Otani sevgan Uning bolasini ham sevadi.  Agar Tangrini sevib, Uning amrlariga binoan yo‘l tutsak, shundan Xudoning bolalarini+ sevganimizni bilib olamiz.  Allohga bo‘lgan sevgi Uning amrlariga rioya qilishdan iboratdir+ va Uning amrlari og‘ir emas+.  Zero Xudoning farzandlari dunyoni yengishmoqda+. Mana shu imonimiz dunyo ustidan g‘olib chiqdi+.  Kim dunyo ustidan g‘alaba qozona oladi?+ Iso Xudoning O‘g‘li ekaniga ishonadigan inson emasmi?!+  Iso Masih suv va qon orqali kelgan. U nafaqat suv+, balki suv va qon orqali kelgan+. Ruh bunga guvohdir+, chunki ruhning guvohligi haqiqatdir.  Xullas, uchta guvoh mavjud:  ruh+, suv+ hamda qon+. Bularning uchalasi bir-biri bilan uyg‘un.  Tangrining guvohligi biz qabul qilayotgan insonlarning guvohligidan muhimroqdir. Chunki bu guvohlik Allohdandir va U O‘g‘li haqida shahodat bergan. 10  Xudoning O‘g‘liga ishonuvchi o‘zi uchun guvohlik olgan. Xudoga ishonmaydigan inson Uni yolg‘onchi qiladi+, boisi bunday kishi Tangri O‘z O‘g‘li haqida bergan guvohligiga ishonmagan. 11  Ushbu guvohlik quyidagichadir: Alloh bizga abadiy hayotni ato etdi+ va bu hayot Uning O‘g‘li orqali kelib chiqqan+. 12  O‘g‘il bilan birlikda bo‘lgan kishi bunday hayot sohibidir, O‘g‘il bilan birlikda bo‘lmagan kishi esa bunday hayotga erishmaydi+. 13  Bularni yozishdan maqsadim shuki, Xudo O‘g‘lining ismiga ishongan sizlar+ abadiy hayotga ega ekaningizni bilinglar+. 14  Biz shunda aminmizki, Allohga murojaat qilib+ Uning irodasiga muvofiq nimaiki so‘rasak, U bizni eshitadi+. 15  U tilaklarimizni tinglayotganini bilsak, tilaklarimiz bajo bo‘lishini ham bilamiz, chunki Undan so‘ragan edik+. 16  Mabodo kimdir birodari o‘limga olib bormaydigan gunoh qilayotganini ko‘rib qolsa, u uchun ibodat qilishi kerak va Xudo u odamga hayot ato etadi+. Men o‘limga olib bormaydigan gunoh qilayotgan kishi haqida gapiryapman. Ammo o‘limga duchor qiladigan gunoh ham bor+. Men bunday gunoh borasida ibodat qilish lozimligini aytmayapman. 17  Har qanday adolatsizlik gunohdir+. Lekin o‘limga olib bormaydigan gunoh ham bor. 18  Allohning farzandi bo‘lgan inson gunoh qilmasligi bizga ma’lum. Aksincha, Xudoning O‘g‘li uni himoyalaydi va Shayton* unga zarar yetkaza olmaydi+. 19  Bilamizki, biz Xudo tomonidamiz, butun dunyo esa Shaytonning* hukmidadir+. 20  Haqni tanib-bilishimiz uchun Xudoning O‘g‘li kelib+ bizlarga aql-zakovat baxsh etganidan xabardormiz. Biz Uning O‘g‘li Iso Masih orqali Haq bilan birlikdamiz+. U haqiqiy Xudo va abadiy hayot manbaidir+. 21  Aziz bolalarim, o‘zingizni butlardan saqlanglar+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «yovuz».
So‘zma-so‘z «yovuzning».