Hikmatlar 1:1-33
1 Isroil shohining+, Dovud o‘g‘li+ Sulaymonning hikmatlari+.
2 Ular donolikka+ ega bo‘lish, pand-nasihat* olish,Hikmatli so‘zlarni tushunish uchun,
3 Adolatga+, zakovatga+ va to‘g‘rilikka eltuvchi,Fahm-farosatga yetaklovchi pand-nasihat+ olish uchun,
4 Tajribasizlarni zakovatli qilish+,Yoshlarni bilim-u tafakkurga+ o‘rgatish uchun yozilgan.
5 Dono odam tinglab, bilimini oshiradi+,Fahmli kishi oqilona yo‘l-yo‘riqga ega bo‘ladi+.
6 U hikmatlar-u jumboqlarni,Donishmandlarning gaplari-yu+ topishmoqlarini anglaydi.
7 Yahovadan qo‘rqish — bilimning boshlanishi+,
Nodonlar esa donolik va pand-nasihatni+ rad etadi.
8 O‘g‘lim, otang pand-nasihatiga+ quloq sol,Onang o‘gitlarini+ rad etma.
9 Boisi ular boshing uchun go‘zal gulchambar+,Bo‘yning uchun zeb-ziynatdir+.
10 O‘g‘lim, agar gunohkorlar seni yo‘ldan urmoqchi bo‘lsa, rozi bo‘lma+.
11 Ular senga: «Yur biz bilan,
Pistirma qo‘yib, qon to‘kaylik.
Yashirinib olib, ermak uchun aybsizni o‘lja qilaylik.
12 Mozor* singari ularni tiriklayin yutaylik,Choh kabi butunlayin yutib yuboraylik.
13 Qimmatbaho buyumlarini tortib olib,Uylarimizni o‘ljaga to‘ldiraylik.
14 Bizga sherik bo‘l.O‘ljani teng bo‘lib olamiz»,— deyishsa,
15 O‘g‘lim, ularga ergashma.
Ularning yo‘liga qadam bosma+.
16 Chunki ularning oyog‘i yovuzlik qilishga yuguradi,Ular qon to‘kishga oshiqadi+.
17 Qushning ko‘z o‘ngida to‘r qo‘yish foydasizdir.
18 Shu bois, gunohkorlar qon to‘kish uchun pistirma qo‘yib,O‘zgalarning jonini olish niyatida yashirinib yotadi.
19 Ha, harom daromad topadiganlar shunday yo‘l tutadi,Ammo oqibatda o‘zlari hayotdan* mahrum bo‘ladi+.
20 Haqiqiy donolik+ ko‘chada jar soladi+.
Uning ovozi maydonlarda eshitiladi+.
21 U gavjum ko‘chalarning boshida chaqiradi,
Shahar darvozalari yonida shunday deydi+:
22 «Ey johillar, qachongacha jaholatni yaxshi ko‘rasizlar?
Ey mazaxchilar, qachongacha mazax qilishdan zavq olasizlar?
Ey nodonlar, qachongacha bilimdan nafratlanasizlar?+
23 Tanbehimga quloq solinglar+.
Shunda qudratimni* sizlarga ato etaman.So‘zlarimni sizlarga ayon qilaman+.
24 Qancha chaqirmayin, sizlar rad etaverdingiz,Qo‘limni uzatsam-da, hech biringiz e’tibor bermadingiz+.
25 Hech bir maslahatimga ahamiyat bermadingiz,Tanbehimni ham qabul qilmadingiz.
26 Men ham boshingizga musibat tushganda ustingizdan kulaman,Qo‘rqqan narsangiz boshingizga tushganda+ sizlarni mazax qilaman.
27 Qo‘rqqan narsangiz bo‘rondek,Musibatingiz quyundek bostirib kelganda,Boshingizga qayg‘u va tashvish tushganda, sizlarni masxara qilaman.
28 O‘shanda ular meni chaqirishsa ham, javob bermayman,Meni rosa izlashsa ham, topa olishmaydi+,
29 Chunki ular bilimdan nafratlanishdi+,Yahovadan qo‘rqishni xohlashmadi+.
30 Ular maslahatimni rad etishdi,Tanbehlarimni nazar-pisand qilishmadi.
31 Shu bois, ular qilgan ishlarining mevasini totishadi+,Tuzgan rejalari ichida bo‘g‘ilib qolishadi.
32 Tajribasizlarning o‘zboshimchaligi boshlariga yetadi,Nodonlarning beg‘amligi ularni halok qiladi.
33 Menga quloq solgan odam bexatar yashaydi+.Falokat uni dahshatga solmaydi»+.
Izohlar
^ Asl nusxadagi ushbu so‘z keng ma’noga ega bo‘lib, tarbiya, yo‘l-yo‘riq, ta’lim, tuzatish, o‘git, jazo va nasihat, deb tarjima qilinishi mumkin.
^ Yoki «jonidan».
^ So‘zma-so‘z «ruhimni».