Hikmatlar 11:1-31
11 Yahova yolg‘on tarozidan jirkanadi.To‘g‘ri tarozini esa xush ko‘radi+.
2 Manmanlik ortidan sharmandalik keladi+,Kamtarlarga*+ esa donolik xosdir.
3 To‘g‘ri kishiga benuqsonligi yo‘l ko‘rsatadi+.Sotqinning riyokorligi esa o‘zini halok qiladi+.
4 Qahr-g‘azab kuni boylik aslo foyda keltirmaydi+,Odillik esa o‘limdan saqlab qoladi+.
5 Benuqsonning odilligi uning yo‘lini to‘g‘rilaydi,Yovuzni esa o‘z yovuzligi yiqitadi+.
6 To‘g‘ri kishining odilligi uni qutqaradi+,Xoinning nafsi esa o‘zini tuzoqga tushiradi+.
7 Yovuz inson o‘lganida umidi so‘nadi,Kuchiga bo‘lgan ishonchi ham puchga chiqadi+.
8 Odil kishi musibat kunida qutulib qoladi,Yovuz odam esa uning o‘rniga tutiladi+.
9 Murtadning* tili yaqinini nobud qiladi,Adolatli kishi esa bilimi tufayli qutqariladi+.
10 Odilning yaxshiligi butun shaharni quvonchga to‘ldiradi,Yovuzning halokati esa shodlik keltiradi+.
11 To‘g‘ri kishining barakasi tufayli shahar gullab-yashnaydi+,Yovuzning tili esa uni barbod qiladi+.
12 Farosatsiz odam yaqiniga nafratini sochadi,Aql-idrokli kishi esa sukut saqlaydi+.
13 Tuhmatchi sirlarni oshkor qiladi+,Ishonchli odam esa sir saqlaydi.
14 Oqilona yo‘l-yo‘riq bo‘lmasa xalq aziyat chekadi,Maslahatchi ko‘p bo‘lsa+ rivoj* topadi.
15 Begonaga kafillik qilgan o‘zi ziyon ko‘radi+,Qo‘l siqishib va’da bermagan tinchlikda yashaydi.
16 Dilbar ayol shuhrat qozonadi+,Shafqatsiz kishi esa boylik to‘playdi.
17 Mehribon* odamning joni orom topadi+,Qahri qattiq esa o‘z boshiga balo keltiradi+.
18 Yovuzning topgan-tutgani yolg‘ondir+,Odillik urug‘ini sepgan esa asl mukofotga erishadi+.
19 Adolat tarafida mahkam turgan hayot yo‘lidadir+,Yovuzlik ortidan quvgan esa o‘lim so‘qmog‘idadir.
20 Yahova qalbi egrilardan jirkanadi+,Benuqsonlik yo‘lida yurganlar esa Unga yoqimlidir+.
21 Shunda amin bo‘lgin: yovuz odam jazosiz qolmaydi+,Odilning farzandlari esa najot topadi.
22 Chiroyli, ammo farosatsiz ayol,Cho‘chqaning burnidagi oltin sirg‘a kabidir.
23 Odilning tilagi ezgulikka yetaklaydi+,Yovuzning umidi esa qahrga uchratadi.
24 Qo‘li ochiq odamning barakasi oshadi+,Xasis odam esa yo‘qchilikka yuz tutadi+.
25 Saxiy inson ravnaq topadi+,Suv berganga suv beriladi+.
26 G‘allasini qizg‘anganni xalq la’natlaydi,Uni sotganni esa duo qiladi.
27 Yaxshilik payida bo‘lgan iltifot topadi+,Yomonlikni ko‘zlagan esa yomonlikka duchor bo‘ladi+.
28 Boyligiga suyangan qulaydi+,Odil esa barg singari gurkiraydi+.
29 Oilasiga tashvish keltirgan merossiz qoladi*+,Nodon donoga qul bo‘ladi.
30 Odilning mahsuli hayot daraxtidir+.Odamlarning iltifotini qozongan donodir+.
31 Odil kishi yer yuzida mukofot olar ekan,Unda nahot yovuz va gunohkor jazosini olmasa?!+
Izohlar
^ Yoki «O‘z haddini biladiganlarga».
^ Yoki «Xudosizning».
^ Yoki «najot».
^ Yoki «Mehr-sadoqatli».
^ So‘zma-so‘z «shamolni meros qilib oladi».