Hikmatlar 17:1-28

  • Yaxshilikka yomonlik bilan javob qaytarma (13)

  • Janjal chiqmasidan avval ket (14)

  • Chin do‘st hamma vaqt sevadi (17)

  • «Shod yurak shifobaxsh malhamdaydir» (22)

  • Oqil inson o‘ylab so‘zlaydi (27)

17  Dasturxoni to‘kin-sochin, ammo janjalli uydan,Bir burda qotgan noni bor tinch xonadon yaxshiroq+.   Aqlli xizmatkor oriyatsiz o‘g‘il ustidan boshqaradi,Uning birodarlari bilan birga merosga ega bo‘ladi.   Kumush — qozonda, oltin — o‘choqda tozalanadi+,Ammo insonlarning yuragini Yahova tekshiradi+.   Yovuz kishi diqqatini yomon so‘zlarga qaratadi,Yolg‘onchi esa buzuqning gaplarini eshitadi+.   Kambag‘alni mazax qilgan Yaratuvchini tahqirlaydi+,Birovning baxtsizligiga sevingan jazosiz qolmaydi+.   Keksalarning toji — nevaralari,Farzandlarning sharafi otalaridir*.   To‘g‘ri so‘z ahmoqga yarashmaganiday+,Yolg‘on so‘z ham hukmdorga aslo yarashmaydi+.   Hadya o‘z egasi uchun qimmatbaho toshdaydir+,U nimaiki qilmasin, muvaffaqiyat qozonadi+.   Gunohni kechirgan sevgini namoyon etadi+,Bu haqda gapirgan esa yaqin do‘stlarni ayiradi+. 10  Farosatli kishiga birgina o‘git kifoya+,Nodonga esa yuz qamchi ham kor qilmas+. 11  Yomon odam isyon ko‘tarish uchun payt poylaydi,Ammo uni jazolashga shafqatsiz elchi yuboriladi+. 12  Nodonning ahmoqligiga yo‘liqqandan ko‘ra,Bolalaridan ayrilgan ona ayiqga duch kelish yaxshiroqdir+. 13  Kimdir yaxshilikka yomonlik bilan javob qaytarsa,Uning xonadonidan balo arimaydi+. 14  Urishning boshlanishi to‘siqni buzgan toshqindaydir,Janjal chiqmasidan avval u yerni tark et+. 15  Yovuzni oqlagan ham, odilni hukm qilgan ham+,Yahova uchun jirkanchdir. 16  Ahmoqning donolikka erishish imkoniyati bo‘lsa-yu,Ammo aqli bo‘lmasa, bundan unga ne foyda?!+ 17  Chin do‘st hamma vaqt sevadi+,Og‘ir damda birodariga tayanch bo‘ladi+. 18  Farosatsiz odam qo‘l siqishib bitim tuzadi,Birov uchun yaqinining oldida kafillik qiladi+. 19  Janjalga aralashgan gunoh qiladi+,Darvozasini baland qurgan halokatni chaqiradi+. 20  Qalbi egri yaxshilik topmaydi+,Yolg‘on so‘zlagan halok bo‘ladi. 21  Nodon farzand otasini qayg‘uga botiradi,Aqlsizning otasi quvonch nimaligini bilmaydi+. 22  Shod yurak shifobaxsh malhamdaydir+,Ezilgan ruh esa suyaklarni quritadi+. 23  Yovuz adolatni poymol qilish uchunQo‘ynidan pora chiqaradi+. 24  Donolik aql-idroklining ko‘z oldida,Nodonning xayoli esa parishondir+. 25  Ahmoq o‘g‘il otasiga qayg‘u keltiradi,Onasining diliga ozor yetkazadi+. 26  Odil insonni jazolash yaxshi emas,Hurmatli kishini kaltaklash nohaqlikdir. 27  Oqil inson o‘ylab so‘zlaydi+,Aql-idrokli inson xotirjamlikni saqlaydi+. 28  Sukut saqlasa, ahmoq donoday,Tilini tiygan aql-idrokliday ko‘rinadi.

Izohlar

Yoki «ota-onasidir».