Hikmatlar 21:1-31
21 Shohning yuragi Yahovaning qo‘lida+ oqar suvdaydir.
Uni istagan tomonga yo‘naltiradi+.
2 Insonning barcha yo‘llari o‘z nazarida to‘g‘ri ko‘rinadi+,Ammo Yahova qalblarni tekshiradi+.
3 To‘g‘ri va adolatli yo‘l tutish,Yahovaga qurbonlik keltirgandan yoqimliroqdir!+
4 Takabbur ko‘zlar va mag‘rur qalbYovuzning chirog‘i bo‘lib, ikkovi ham gunohdir+.
5 Tirishqoqning rejalari muvaffaqiyat keltiradi+,Shoshqaloqlar esa kambag‘allikka yuz tutadi+.
6 Yolg‘on til bilan erishilgan boylikO‘lim tuzog‘i*, g‘oyib bo‘ladigan bug‘ kabidir+.
7 Yovuzlarning zo‘ravonligi o‘z boshiga yetadi+,Chunki ular adolat bilan yo‘l tutishni rad etadi.
8 Aybdorning yo‘li egridir,Pok insonning ishlari esa to‘g‘ridir+.
9 Urishqoq* xotin bilan bitta uyda yashagandan ko‘ra,Tomning bir burchagida yashagan yaxshiroq+.
10 Yovuz kishi yomonlikni qo‘msaydi+,O‘z yaqiniga mehr ko‘rsatmaydi+.
11 Mazaxchi jazolansa, tajribasiz donoroq bo‘ladi,Oqilga yo‘l-yo‘riq berilsa, u bilimini oshiradi*+.
12 Adolatli Zot yovuzning uyini kuzatadi,Yovuzlarni qulatib halok qiladi+.
13 Kimki bechoraning nolasiga quloq solmasa,O‘zining ham o‘tinchi javobsiz qoladi+.
14 Yashirin berilgan hadya jahlni qaytaradi+,Qo‘yindan chiqarilgan pora otashin g‘azabni bosadi.
15 Odil inson adolatli ishga quvonadi+,Ziyon yetkazuvchi esa undan dahshatga tushadi.
16 Fahm-farosat yo‘lidan og‘ib ketganO‘liklar qatoriga qo‘shiladi+.
17 Aysh-ishratni sevgan qashshoqlikka uchraydi+.Sharob va moyni yaxshi ko‘rgan boyimaydi.
18 Yovuz odam odil kishi uchun to‘lov bo‘ladi,Xoin esa to‘g‘ri inson uchun fido qilinadi+.
19 Janjalkash va jahldor xotin bilan yashagandan ko‘ra,Cho‘l-u biyobonda yashagan yaxshiroq+.
20 Dononing uyida bebaho xazina-yu moy topiladi+,Nodon esa bor-budini ko‘kka sovuradi+.
21 Adolat-u mehr-sadoqatga intilganHayot, odillik va sharafga sazovor bo‘ladi+.
22 Dono kishi qudratlilar shahrini zabt etadi,Ularning tayangan qo‘rg‘onini vayron qiladi+.
23 Og‘zi-yu tilini tiyganJonini balodan asraydi+.
24 O‘taketgan takabburona yo‘l tutgan kishiO‘zbilarmon, dimog‘dor maqtanchoqdir+.
25 Yalqovning xohishlari o‘limga yetaklaydi,Chunki mehnat qilishga qo‘li bormaydi+.
26 U kun bo‘yi hirsli orzularga beriladi,Biroq odil inson bori bilan bo‘lishadi+.
27 Yovuzning qurbonligi jirkanchdir+,
Uni yomon niyatda* keltirsa, undan-da battardir!
28 Yolg‘on gapirgan guvoh o‘lib ketadi+,O‘z qulog‘i bilan eshitganning guvohligi muvaffaqiyat qozonadi.
29 Yovuz odam surbetlik qiladi+,To‘g‘ri inson esa shaxdam qadam tashlaydi+.
30 Yahovaga qarshi na donolik, na aql-idrok, na biron reja bor+.
31 Ot jang uchun hozirlanadi+,Lekin najot Yahovadan keladi+.
Izohlar
^ Boshqa variant «O‘lim izlovchilar uchun».
^ Yoki «Noliydigan».
^ Yoki «qanday yo‘l tutishni biladi».
^ Yoki «buzuqilik qila turib».