Hizqiyo 39:1-29

  • Go‘g va uning lashkari yakson qilinadi (1-10)

  • Xamon-Go‘g vodiysida dafn qilinadi (11-20)

  • Isroil qayta tiklanadi (21-29)

    • Isroil ustiga Xudoning ruhi yog‘diriladi (29)

39  Sen esa, inson o‘g‘li, Go‘gga qarshi bashorat qilib+ ayt: “Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Ey, Meshex bilan Tuvalning+ bosh yo‘lboshchisi Go‘g, Men senga qarshi chiqaman.  Seni yo‘lingdan qaytaraman. Shimolning olis yerlaridan chiqaraman-da+, Isroil tog‘lariga boshlab kelaman.  Chap qo‘lingdan kamoningni, o‘ng qo‘lingdan o‘qlaringni urib tushiraman.  Sen Isroil tog‘larida halok bo‘lasan+. Sen, jamiki lashkaring va sen bilan bo‘lgan xalqlar halok bo‘lasizlar. Seni turli yirtqich qushlarga va dashtdagi yovvoyi hayvonlarga yem qilaman”+.  “Sen dashtda o‘lasan+, chunki buni Men aytdim”,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova.  “Men Mago‘gga va orollarda xavfsizlikda yashayotganlarga olov yuboraman+. Shunda ular Men Yahova ekanimni bilib olishadi.  Muqaddas ismimni xalqim Isroil orasida tanitaman va bundan keyin muqaddas ismim bulg‘anishiga yo‘l qo‘ymayman. Shunda xalqlar, Men Yahova, Isroilda Muqaddas Xudo+ ekanimni bilib olishadi”+.  “Mana, bashorat qilingan narsa yuz beradi, u amalga oshadi, — demoqda Oliy Hukmdor Yahova. — Men bu kun haqida aytgan edim.  Isroil shaharlarida yashovchilar chiqib qurollarni — katta va kichik* qalqonlarni, kamonu o‘qlarni, gurzilaru* nayzalarni yoqadilar. Bu narsalarni yetti yil davomida yondiradilar+. 10  Daladan shox-shabba, o‘rmonlardan o‘tin yig‘ishga muhtoj bo‘lmaydilar, chunki qurollarini o‘tin qilishadi”. “Ularni talaganlardan o‘lja olishadi, ularning narsalarini yulib olganlarni shilishadi”,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova. 11  “O‘sha kuni Men Isroilda Go‘gga+ dafn etiladigan joy beraman. Bu joy dengizning sharq tomoniga yo‘l oluvchilar o‘tadigan vodiyda bo‘ladi. Yo‘lovchilar undan o‘ta olmay qolishadi. Go‘g bilan uning hamma to‘dalarini shu yerga ko‘mishadi va unga Xamon-Go‘g vodiysi* deb nom berishadi+. 12  Isroil xonadoni yurtni tozalash uchun yetti oy davomida jasadlarni ko‘madi+. 13  Butun yurt aholisi ularni ko‘madi va Men O‘zimni ulug‘lagan kuni, bu ishi ularga shuhrat keltiradi”+,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova. 14  “Butun yurtni tozalash uchun uni doim aylanib yuradigan va yer yuzida qolib ketgan jasadlarni ko‘madigan odamlar tayinlanadi. Izlash ishlari yetti oy davom etadi. 15  Yurtni aylanib chiqadiganlar inson suyagini ko‘rganda, uning oldiga belgi qo‘yishadi. Keyin ko‘mishga tayinlangan kishilar suyakni Xamon-Go‘g vodiysiga ko‘mishadi+. 16  O‘sha yerda Xamona* deb ataladigan shahar bo‘ladi. Shunday qilib, ular yurtni tozalashadi”+. 17  Senga keladigan bo‘lsak, ey inson o‘g‘li, Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Turli qushlar va dashtdagi yovvoyi hayvonlarga ayt: “Qani, yig‘ilib kelinglar! Sizlar uchun Men tayyorlab qo‘ygan qurbonlik ziyofatiga, Isroil tog‘laridagi katta qurbonlik ziyofatiga yig‘ilinglar+. Sizlar et yeb, qon ichasizlar+. 18  Qudratli kishilarning etini yeysizlar, yer yuzi yo‘lboshchilarining qonini ichasizlar. Ularning hammasi Bashanning bo‘rdoqilari — qo‘chqorlar, qo‘zilar, takalaru buqalar. 19  Men sizlar uchun tayyorlab qo‘ygan qurbonlikning yog‘ini bo‘kib qolguncha yeb, qonini mast bo‘lguncha ichasizlar”. 20  “Dasturxonimdagi otlaru aravakashlar, qudratli kishilaru turli jangchilarning etini yeb to‘yasizlar”+,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova. 21  “Barcha xalqlar orasida O‘z ulug‘vorligimni ko‘rsataman. Hamma xalqlar hukmlarimni ijro etganimni, ularning orasida qudratimni namoyon qilganimni ko‘rishadi+. 22  O‘sha kundan boshlab, Isroil xonadoni Men Yahova ularning Tangrisi ekanimni biladigan bo‘ladi. 23  Isroil xonadoni o‘zining xatolarini deb, Menga xiyonat qilgani uchun surgun qilinganini xalqlar bilib olishadi+. Shuning uchun Men ulardan yuz o‘girib+, dushmanlari qo‘liga topshirganman+ va ularning hammasi qilichdan halok bo‘lgan edi. 24  Ular bilan nopokliklari va qilmishlariga yarasha muomala qilganman, ulardan yuz o‘girganman”. 25  Shu bois Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Men Yoqubning surgun qilinganlarini o‘z yurtiga qaytarib olib kelaman+ va butun Isroil xonadoniga rahm-shafqat ko‘rsataman+. Muqaddas ismimni bor kuchim bilan himoya qilaman+. 26  Menga qilgan hamma xiyonatlari uchun xo‘rlangandan keyin+, ular o‘z yurtlarida osoyishta yashaydilar va hech kim ularni qo‘rqitmaydi+. 27  Ularni xalqlar orasidan qaytarib olib kelganimda, dushmanlarining yurtlaridan yig‘ib olganimda+, ularga qilgan muomalam tufayli, ko‘p xalqlar muqaddas Xudo ekanligimni ko‘rishadi”+. 28  “Ularni xalqlar orasiga surgun qilib, keyin bitta qoldirmay o‘z yurtlariga qaytarib olib kelganimda+, Men Yahova ularning Xudosi ekanimni bilib olishadi. 29  Isroil xonadoni ustiga ruhimni yog‘dirganim uchun+, bundan keyin ulardan yuz o‘girmayman”+,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova».

Izohlar

Kichik qalqonni odatda kamonchilar ko‘tarib yurgan.
Boshqa variant «tayoqlar», o‘tkir uchli qurol.
Yoki «Go‘g lashkarining vodiysi».
Yoki «lashkarlar».