Ishayo 16:1-14

  • Mo‘abga qarshi xabarning davomi (1-14)

16  Seladan sahro yo‘li bilanSion qizining tog‘iga,Yurtning hukmdoriga qo‘chqor yuboring.   Arnon+ kechuvlaridagi Mo‘ab qizlariInidan quvilgan qushday bo‘ladi+.   «Maslahat ber, qarorni ijro et. Peshinda soyangni tun kabi tushir, Tarqalganlarni yashir, qochqinlarni ushlab berma.   Ey Mo‘ab, tarqalib ketgan xalqim yurtingda yashasin. Qirg‘in qiluvchilardan+ uni yashir. Zolimning kuni bitadi,Vayronagarchilikka chek qo‘yiladi,Boshqalarni toptaydiganlar yer yuzidan yo‘q qilinadi.   Shunda taxt mehr-sadoqat uzra o‘rnatiladi, Dovud chodirida bu taxtda o‘tirgan hukmdor sodiq bo‘ladi+.U odilona hukm qilib, tezda adolat o‘rnatadi»+.   Mo‘abning takabburligi haqida eshitdik, u juda takabbur+,Manman, mag‘rur va qahrga to‘la+.Ammo uning puch so‘zlari yo‘qga chiqadi.   Shu bois, Mo‘ab yo‘liqgan falokati dastidan dod-voy soladi.Bari fig‘on chekadi+. Mag‘lub bo‘lganlar Xir-Xarasotning+ mayiz kulchalarini qo‘msab nola qiladi.   Chunki Xashbon+ uzumzorlariyuSivmo+ toki qurib qoldi.Xalqlar yo‘lboshchilari uning qirmizi novdalarini* toptab tashladi.Bu novdalar Yazirgacha+ yetib, Sahroga qadar cho‘zilgan edi. Novdalari o‘sib ketib, dengizgacha yetgan edi.   Shu sababli, Yazirga aza tutganimday, Sivmo tokini yo‘qlab yig‘layman. Ey, Xashbon va Elaley+, sizlar uchun ko‘z yosh to‘kaman,Chunki yozgi hosil va o‘rim-yig‘im paytidagi shodlik tugadi*. 10  Mevazorlarda quvonch va xursandchilik yo‘qoladi,Uzumzorlarda shodlik qo‘shiqlari-yu qahqaha ovozi eshitilmaydi+. Uzumsiqgichlarda hech kim uzum ezmaydi.Boisi, Men shodlik hayqiriqlariga chek qo‘ydim+. 11  Shuning uchun Mo‘abni o‘ylab+Vujudim arfaning toriday titramoqda,Xir-Xarasotni deb a’zoyi badanim zirillamoqda+. 12  Mo‘ab tepalikda sig‘inib holdan toysa-da, ibodat qilgani sajdagohiga borsa-da, hech narsaga erisha olmaydi+. 13  Bu, Yahovaning Mo‘ab haqida oldin aytgan so‘zlaridir. 14  Endi Yahova shunday demoqda: «Yollanma ishchining yillari bilan hisoblaganda, uch yil ichida turli qo‘zg‘olonlar dastidan Mo‘abning shuhrati yerga uriladi. Xalqning omon qolganlari esa oz va zaif bo‘ladi»+.

Izohlar

Yoki «qirmizi uzumga to‘la novdalarini».
Boshqa variant «Chunki yozgi hosil va o‘rim-yig‘im paytida jangovar xitob sadosi keldi».