Ishayo 41:1-29
41 «Ey orollar, sukut saqlab Meni tinglang!Ey xalqlar, yana kuchga to‘ling.
Menga yaqinlashib, gapiring+.
Kelinglar, hukm uchun birga yig‘ilaylik.
2 Kim sharqdan birovni o‘rnidan qo‘zg‘atdi?+Xalqlarni uning qo‘liga topshirish,Shohlarni unga bo‘ysundirish uchun+,Kim uni odillik haqqi O‘ziga xizmat qilishga chaqirdi?
Kim ularni uning qilichi oldida tuproqga aylantirib,Kamoni oldida somonday uchirdi?
3 U oyog‘i bosmagan yo‘llardanBemalol o‘tib, ularni ta’qib qildi.
4 Kim ishga kirishib, buni amalga oshirdi?Kim azaldan avlodlarni chaqirdi?
Men, Yahova, Birinchiman+,Ilk nasldan oxirgisigacha ham o‘sha-o‘sha qolaman»+.
5 Orollar buni ko‘rib, dahshatga tushdi.
Yerning chetlari titray boshladi.
Ular yaqinlashib keldi.
6 Har kim o‘z yaqiniga yordam bermoqda,Birodariga: «Mahkam bo‘l!» — demoqda.
7 Usta zargarga+ dalda bermoqda,Temirni bolg‘alayotgan kishiSandonda* bolg‘alayotgan sherigiga:
«Zo‘r chiqibdi!» — deb maqtamoqda.
Keyin esa yiqilmasin deya butni mixlab qo‘ymoqda.
8 «Sen esa, ey Isroil, Mening xizmatkorimsan+.Ey Yoqub, sen Mening tanlaganim+,Do‘stim Ibrohimning+ zurriyotisan*.
9 Men seni yer chetlaridan olib keldim+,Eng olis yerlardan chaqirib oldim.
Senga shunday dedim: “Sen Mening xizmatkorimsan+.Men seni tanladim, seni rad etmadim+.
10 Hech qo‘rqma, Men sen bilanman+.
Dahshatga tushma, Men sening Xudoyingman+.
Senga kuch ato etaman, yordam beraman+.Seni adolatli o‘ng qo‘lim bilan mahkam ushlayman”.
11 Senga g‘azablanganlarning bari uyatga qolib, kamsitiladi+.
Senga qarshi urush ochganlar yo‘qga chiqib, nobud bo‘ladi+.
12 Sen bilan jang qiladiganlarni izlaysan, ammo topa olmaysan.Sen bilan urush qilganlar hech mavjud bo‘lmaganday, yo‘q bo‘lib ketadi+.
13 Chunki Men, Tangring Yahova, o‘ng qo‘lingdan ushlab:“Qo‘rqma! Senga yordam beraman”+,— deyman.
14 “Qo‘rqma, ey, chuvalchang* Yoqub+,Ey, Isroil xalqi, senga madad beraman”,— demoqda Xaloskoring Yahova+, Isroilning Muqaddas Xudosi.
15 Men seni xo‘ptir singari+,Ikki tomonlama o‘tkir tishli yangi xo‘ptir kabi qildim.
Sen tog‘larni toptab, yanchib tashlaysan,Tepaliklarni somonga aylantirasan.
16 Sen ularni shopirasan,Shamol esa uchirib ketadi.Bo‘ron to‘zg‘itib yuboradi.
Yahova sevinching+,Isroilning Muqaddas Tangrisi faxring bo‘ladi»+.
17 «Muhtojlar-u kambag‘allar suv axtaradi, ammo topa olmaydi.
Tashnalikdan og‘izlari qurib qoladi+.
Men, Yahova, ularga javob beraman+.
Men, Isroil Xudosi, ularni tark etmayman+.
18 Yalang tepaliklardan daryolar+,Tekisliklardan buloqlar oqizaman+.
Sahroni qamish o‘sgan ko‘lga,Qaqragan yerni chashmalar diyoriga aylantiraman+.
19 Cho‘lda kedr va akatsiya,Mirta va qarag‘ay daraxtlarini o‘tqazaman+.
Dasht-biyobonda qora archa,Shumtol va sarv daraxtlarini ekaman+.
20 Buni Yahovaning qo‘li qilganini,Isroilning Muqaddas Xudosi bunyod etganiniBarcha xalqlar ko‘rib bilib oladi,E’tibor qaratib, anglab yetadi»+.
21 Yahova: «Masalangizni o‘rtaga qo‘ying»,— demoqda.
Yoqubning Shohi: «Dalillaringizni keltiring»,— deb aytmoqda.
22 «Isbotlar keltirib, nima bo‘lishini aytib bering.
O‘tmishda yuz bergan narsalar haqida gapiring.Toki ular borasida fikr yuritib, qanday yakun topishini bilaylik.
Yoxud bizni bo‘lajak narsalar haqida xabardor qiling+.
23 Bizga kelajakda nima sodir bo‘lishini ayting.Toki xudolar ekaningizni bilib olaylik+.
Biror yaxshilik yoki yomonlik qiling,Toki buni ko‘rib hayron qolaylik+.
24 Mana, sizlar — yo‘q narsasiz,Ishlaringiz — behuda+,
Sizlarni tanlaganlar esa jirkanchdir+.
25 Men shimoldan birovni qo‘zg‘ataman, u keladi+.U sharqdan chiqib+, Mening ismimni aytib chaqiradi.
Kulol gilni tepkilaganday,U hukmdorlarni toptaydi+.
26 Bularni bizga kim aytibdiki, biz bilsak?Avvaldan kim bildiribdiki, biz: “U haq!”+ — deb aytsak?
Hech kim xabarlamadi!
Hech kim e’lon etmadi!
Hech kim sizlardan hech nima eshitmadi!»+
27 Birinchi bo‘lib Men Sionga: «Mana, mana ular!»+ — deb aytdim.
Quddusga xushxabar yetkazuvchini Men yuboraman+.
28 Men qarab turdim, ammo hech kimni ko‘rmadim.Oralarida nasihat beradigan hech kim yo‘q edi.
Javob berishlarini so‘rasam-da, birortasi javob qaytarmadi.
29 Ularning bari uydirma,
Ishlari esa bo‘lmag‘urdir.
Quyma butlari* shamol va yo‘q narsadir+.
Izohlar
^ Ya’ni temir kunda.
^ So‘zma-so‘z «urug‘isan».
^ Ya’ni himoyasiz va bechora.
^ Yoki «Metall haykallari».