Luqo 12:1-59
-
Farziylarning xamirturushi (1-3)
-
Odamlardan emas, Xudodan qo‘rqish (4-7)
-
Masihni tan olish (8-12)
-
Nodon boy kishi haqidagi masal (13-21)
-
Tashvishlanmaslik (22-34)
-
Kichik poda (32)
-
-
Hushyor turish (35-40)
-
Ishonchli va ishonchsiz xizmatkor (41-48)
-
Tinchlik emas, bo‘linish keltiradi (49-53)
-
Voqealarning ma’nosini aniqlash (54-56)
-
Bahslarni hal qilish (57-59)
12 O‘sha paytda minglarcha odam yig‘ilib, bir-birini ezib yuboray deyayotgan edi. Shunda Iso o‘zining shogirdlariga murojaat qilib, quyidagilarni aytdi: «Farziylarning xamirturushidan, ya’ni ikkiyuzlamachiligidan ehtiyot bo‘linglar+.
2 Zero oshkor bo‘lmaydigan hech narsa va ma’lum bo‘lmaydigan biron sir yo‘q+.
3 Qorong‘ida aytgan so‘zingiz yorug‘likda eshitiladi, birovga pichirlab aytgan gapingiz tomlarda turib e’lon qilinadi.
4 Sizlarga aytib qo‘yay do‘stlarim+, sizlarni o‘ldirishdan boshqa narsaga qurbi yetmaydigan odamlardan qo‘rqmang+.
5 Kimdan qo‘rqishingiz kerakligini men sizlarga aytay: odamni o‘ldirgandan so‘ng jahannamda* yo‘q qilib yuborishga qodir bo‘lgan Zotdan qo‘rqinglar+. Ha, aynan Undan qo‘rqinglar+.
6 Beshta chumchuq ikki tangaga* sotilmaydimi? Biroq Alloh ulardan bittasini ham unutmagan+.
7 Sizlarga kelsak, sochlaringizning har bir tolasi sanalgan+. Qo‘rqmanglar, sizlar ko‘pgina chumchuqlardan ko‘ra qadrliroqsiz+.
8 Shuni bilib qo‘yinglarki, boshqalar oldida meni tan olgan har kimsani+, Inson O‘g‘li ham Xudoning farishtalari oldida tan oladi+.
9 Kimki boshqalar oldida meni inkor etsa, u ham Tangrining farishtalari oldida inkor etiladi+.
10 Inson O‘g‘liga qarshi biron so‘z aytgan odam kechiriladi, lekin muqaddas ruhga qarshi haqoratli so‘zlar aytgan odam kechirilmaydi+.
11 Sizlarni xalq yig‘inlariga, amaldor-u hukmdorlar oldiga olib borishganda, o‘zimni qanday himoya qilaman, nima deyman, deb tashvishlanmanglar+.
12 Boisi, o‘shanda nima deyish kerakligini muqaddas ruh sizlarga o‘rgatadi»+.
13 Shu payt omma ichidan bir kishi Isoga: «Ustoz, akamga ayting, merosni men bilan bo‘lishsin»,— dedi.
14 Iso bo‘lsa unga: «Ey inson, meni sizlarga qozi yoki meros bo‘luvchi qilib kim tayinladi?» — deb javob berdi.
15 Keyin u shunday dedi: «O‘zingizni har turli ochko‘zlikdan saqlanglar+, chunki odamning mol-mulki ko‘p bo‘lgan taqdirda ham, uning hayoti bunga bog‘liq emas»+.
16 Shuningdek, Iso ularga quyidagi masalni keltirdi: «Bir boy kishining yeri yaxshi hosil beribdi.
17 U o‘zicha o‘ylabdi: “Nima qilsam ekan? Axir hosilni qo‘yadigan joyim yo‘q-ku”.
18 Oxiri u shunday debdi: “Mana bunday qilaman+: omborlarimni buzib, kattarog‘ini quraman-da, butun g‘alla-yu mol-mulkimni o‘sha yerga jamlayman.
19 Keyin o‘zimga: “Men ko‘p yillarga yetadigan mol-mulk yig‘ib qo‘ydim. Endi maza qilib yeb-ichib rohatini ko‘raman”,— deb aytaman”.
20 Lekin Alloh unga debdi: “Ey nodon, shu kechaning o‘zidayoq sening joning* olinadi. O‘shanda jamlab qo‘ygan narsalaring kimga qoladi?”+
21 O‘zi uchun mol-mulk to‘plab, Xudo nazarida boyimagan odamning oxirati ana shunday bo‘ladi»+.
22 Keyin Iso o‘z shogirdlariga quyidagilarni aytdi: «Xullas, nima yeymiz deb joningiz* uchun yoki nima kiyamiz deb tanangiz uchun tashvishlanmanglar+.
23 Axir jon* yegulikdan, tana esa kiyimdan afzalroq-ku.
24 Qarg‘alarga e’tibor beringlar: ular urug‘ ham ekmaydi, hosil ham yig‘maydi. Hatto omborlari ham yo‘q, ammo Tangri ularning rizqini beradi+. Sizlar-chi, qushlardan ancha afzalroq emasmisiz?+
25 Sizlardan kim tashvishlanib, o‘z umrini bir lahzaga* bo‘lsa-da uzaytira oladi?
26 Shunday kichik ishni qila olmas ekansizlar, boshqa narsalar uchun tashvishlanishga ne hojat?+
27 Lolalarning qanday o‘sishiga e’tibor beringlar: ular na mehnat qiladi, na charx yigiradi. Lekin sizlarga aytib qo‘yay: hatto shoh Sulaymon ham o‘zining shuhrat cho‘qqisida ularning hech biriday kiyinmagan+.
28 Agar Alloh bugun bor bo‘lib, ertaga olovga tashlanadigan dasht o‘tini shunday kiyintirib qo‘ygan bo‘lsa, unda sizlarni ham kiyintirib qo‘ymasmikin, eh imoni sustlar?!
29 Xullas: “Nima yeymiz, nima ichamiz?” — deb ortiq tashvishlanmanglar+.
30 O‘zga xalqlar hadeb bu narsalar haqida qayg‘urishadi. Axir samoviy Otangiz bularning bariga muhtoj ekaningizni biladi-ku+.
31 Shunday ekan, Xudoning Shohligi hayotingizda hamisha birinchi o‘rinda bo‘lsin, o‘shandagina bularning bari sizlarga qo‘shimcha qilib beriladi+.
32 Qo‘rqma, ey kichik poda+, chunki samoviy Otangiz sizlarga Shohlikni berishni ma’qul ko‘rdi+.
33 Mol-mulkingizni sotib, xayr-sadaqa beringlar+. O‘zingiz uchun eskirmaydigan hamyonlar qilib, osmonda bitmas-tuganmas xazina to‘planglar+. U yerga o‘g‘ri ham, kuya ham tushmaydi.
34 Zero xazinangiz qayerda bo‘lsa, yuragingiz ham o‘sha yerda bo‘ladi.
35 Kiyinib, tayyor turinglar*+, moychiroqlaringiz yoqilgan bo‘lsin+.
36 O‘zlaringiz esa, xo‘jayini nikoh to‘yidan+ qaytib kelib+, eshikni taqillatganida, darhol ochishga tayyor bo‘lib, kutib turgan xizmatkorlarday bo‘linglar.
37 Xo‘jayini kelganida, hushyor turgan xizmatkorlar baxtlidir! Ishonavering, xo‘jayini belini bog‘lab, ularni dasturxon atrofiga yonboshlatadi. Keyin yonlariga kelib ularga xizmat qiladi.
38 Xoh yarim kechada*, xoh tongotarda* xo‘jayin kelib xizmatkorlarini shunday holda topsa, ular naqadar baxtlidir!
39 Shuni bilib qo‘yinglarki, o‘g‘ri kechasi soat nechada kelishini uy egasi bilganida, uyiga o‘g‘ri tushishiga yo‘l qo‘ymasdi+.
40 Shunga o‘xshab, sizlar ham tayyor turinglar, chunki Inson O‘g‘li sizlar o‘ylamagan soatda keladi»+.
41 Shu payt Butrus Isodan so‘radi: «Hazrat, bu misol bizga tegishlimi yoki hammagami?»
42 Hazrat shunday javob berdi: «Xizmatkorlariga rizq-ro‘zni vaqtida yetkazib turish uchun Xo‘jayini ularning ustidan tayinlaydigan ishonchli va aqlli* boshqaruvchi kim ekan?+
43 Xo‘jayin qaytib kelgach, xizmatkorni o‘z vazifasini bajarayotgan holda ko‘rsa, bu xizmatkor naqadar baxtlidir!
44 Ishonavering, u bor mol-mulkini unga ishonib topshiradi.
45 Bordi-yu, xizmatkor ko‘nglida yomon niyat bilan: “Xo‘jayinim hali-beri kelmaydi”,— desa va qul-u cho‘rilarni ursa, yeb-ichib mast bo‘lib yursa+,
46 xo‘jayini kutilmagan kunda va u bilmagan soatda kelib qoladi. Shunda u xizmatkorini qattiq jazoga mubtalo qilib, boshiga imonsizlarning kunini soladi.
47 Xo‘jayinining istagini bilib turib, kerakli tayyorgarlikni ko‘rmagan yoki u so‘ragan ishni qilmagan xizmatkor ko‘p tayoq yeydi+.
48 Bilmagan holda jazoga loyiq ish qilib qo‘ygan esa, ozroq tayoq yeydi. Kimga ko‘p berilgan bo‘lsa, undan ko‘p talab qilinadi. Kimga ko‘p ishonib topshirilgan bo‘lsa, undan ko‘proq talab qilinadi+.
49 Men yer yuziga o‘t yoqqani keldim. U allaqachon yoqildi ham. Menga bundan ortig‘i kerak emas.
50 Men o‘zgacha tarzda cho‘mdirilishim lozim va bu amalga oshguncha men qattiq azob chekaman!+
51 Meni yer yuziga tinchlik keltirish uchun kelgan, deb o‘ylayapsizlarmi? Aslo. Sizlarga shuni aytib qo‘yay, men tinchlik emas, bo‘linish keltirdim+.
52 Bundan buyon bir uyda besh kishi o‘zaro bo‘linib, uchtasi ikkitasiga va ikkitasi uchtasiga qarshi chiqadi.
53 Ota o‘g‘liga, o‘g‘li esa otasiga qarshi, ona qiziga, qizi esa onasiga qarshi, qaynana keliniga, kelini esa qaynanasiga qarshi chiqib, bo‘linib ketishadi»+.
54 Shundan keyin Iso xaloyiqga qarab dedi: «G‘arbdan bulut ko‘tarilayotganini ko‘rishingiz bilanoq: “Bo‘ron bo‘ladi”,— deysizlar va xuddi aytganingizday yuz beradi.
55 Janubdan shamol esganda: “Jazirama issiq bo‘ladi”,— deysizlar va aytganingiz keladi.
56 Ey ikkiyuzlamachilar! Sizlar yer-u ko‘k yuziga qarab, ob-havoni aniqlay olasiz-u, nega hozir yuz berayotgan voqealarning ma’nosini aniqlay olmayapsiz?+
57 Adolat nima ekanini nahotki o‘zingiz tushunmayotgan bo‘lsangiz?
58 Misol uchun, da’vogar odam bilan boshliqning oldiga borarkansiz, yo‘l-yo‘lakay u bilan masalani hal qilishga shoshiling. Tag‘in da’vogar sizni hakamga, hakam esa sizni hukmni ijro etuvchiga topshirib, qamoqqa tushib qolmang+.
59 Sizga aytib qo‘yay, qarzingizni oxirgi tiyinigacha* to‘lamaguncha, u yerdan chiqmaysiz».
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «assariyga». Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ Yoki «hayoting».
^ Yoki «hayotingiz».
^ Yoki «hayot».
^ So‘zma-so‘z «bir tirsakka». Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ So‘zma-so‘z «Belingizga kamar taqilgan bo‘lsin».
^ So‘zma-so‘z «tunning ikkinchi qorovulligida».
^ So‘zma-so‘z «tunning uchinchi qorovulligida».
^ Yoki «dono; mulohazali».
^ So‘zma-so‘z «lepta». Ilovaning B14 mavzusiga q.