Voiz 11:1-10

  • Fursatni g‘animat bil (1-8)

    • Noningni suvga oqiz (1)

    • Ertalabdan kechgacha urug‘ ek (6)

  • Yoshlik chog‘ingda qalbing shodlikka to‘lsin (9, 10)

11  Noningni suvga oqiz+, chunki ko‘p kunlar o‘tgach uni qayta topasan+.  Bor narsangni yetti, hatto sakkiz kishi bilan baham ko‘r+, chunki yer yuziga qanday falokat yog‘ilishini bilmaysan.  Agar bulutlar suvga to‘lsa, yer yuziga yomg‘ir bo‘lib tushadi. Daraxt xoh janubga, xoh shimolga qulamasin, qulagan joyida yotaveradi.  Shamolga qaragan urug‘ ekmaydi, bulutlarga qaragan esa hosilni yig‘ib olmaydi+.  Homilador ayolning qornidagi chaqaloqda hayot nafasi* qanday vujudga kelishini bilmaganingday+, Allohning ishlarini ham anglab yeta olmaysan+.  Ertalabdan urug‘ingni ekkin, kechga qadar qo‘llaringga tinim berma+. Chunki qay biri — unisi yoki bunisi o‘sib chiqishini bilmaysan. Balki ikkovi ham unib chiqar.  Yorug‘lik lazzatlidir, ko‘zlar uchun quyosh nuri yoqimlidir!  Agar inson uzoq umr ko‘rsa, har bir kunidan zavqlanib yashasin+. Ammo qora kunlari ko‘p bo‘lishini ham unutmasin. Bo‘lajak kunlarning bari behudadir+.  Ey yigit, hali yosh ekansan, yoshlik chog‘ingda qalbing shodlikka to‘lsin! Ko‘ngling istaganini qil, ko‘zlaring boqqan yerga bor. Lekin shuni bilginki, Alloh bu barcha narsalar uchun seni javobgarlikka tortadi+. 10  Seni tashvishga soladigan narsalarni qalbingdan chiqarib tashla. Tanangga ziyon yetkazadigan narsalardan uzoqroq yur, chunki yoshlik chog‘i o‘tkinchidir!+

Izohlar

Bu shuningdek, Xudoning ruhiga tegishli bo‘lishi mumkin.