Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Zabur

Boblar

Qisqacha mazmuni

  • 1

    • Ikkita turli yo‘l

      • Xudoning qonunini o‘qigan baxtlidir (2)

      • Odil kishi mevali daraxt kabidir (3)

      • Yovuzlar shamol uchirib ketadigan shamol kabi (4)

  • 2

    • Yahova hamda Uning moylangani

      • Yahova xalqlar ustidan kuladi (4)

      • Yahova shoh tayinladi (6)

      • O‘g‘ilni e’zozlang (12)

  • 3

    • Xavf-xatarga qaramay Allohga umid bog‘lash

      • «Nega dushmanlar bunchalik ko‘payib ketdi?» (1)

      • «Sen najotkorsan, ey Yahova!» (8)

  • 4

    • Xudoga tayanuvchining ibodati

      • «G‘azablanganda gunoh qilmang» (4)

      • «Tinchgina uxlayman» (8)

  • 5

    • Yahova odillarning panohidir

      • Xudo yovuzlikdan nafratlanadi (4, 5)

      • «Meni to‘g‘ri yo‘llaringdan boshlab bor» (8)

  • 6

    • Iltifot haqida o‘tinch

      • O‘liklar Xudoga hamdlar aytmaydi (5)

      • Tangri iltifot haqidagi o‘tinchni eshitadi (9)

  • 7

    • Yahova odil Hakam

      • «Ey Yahova, meni hukm qil» (8)

  • 8

    • Xudoning mahobati, inson qadri

      • «Isming naqadar mahobatlidir!» (1, 9)

      • «O‘tkinchi inson nedirki, uni yodga olasan?» (4)

      • «Shon-sharafni unga toj qilib kiygizding» (5)

  • 9

    • Xudoning ajoyib ishlarini xabarlash

      • «Yahova xavfsiz boshpana» (9)

      • «Ismingni bilganlar Senga tayanadi» (10)

  • 10

    • Yahova bechoraning yordamchisidir

      • Yovuz: «Xudo yo‘q»,— deydi (4)

      • Bechora Allohga umid bog‘laydi (14)

      • «Yahova abadulabad Shohdir!» (16)

  • 11

    • Yahovada panoh topish

      • «Yahova muqaddas ma’badidadir» (4)

      • «Zo‘ravonlikni sevadiganlardan U nafratlanadi» (5)

  • 12

    • Yahova ishga kirishadi

      • «Yahovaning so‘zlari pokdir» (6)

  • 13

    • Yahovadan najot kutish

      • «Ey Yahova, qachongacha?» (1, 2)

      • Yahova saxiylik bilan mukofotlaydi (6)

  • 14

    • Nodonning ta’rifi

      • Nodon: «Yahova yo‘q»,— deydi (1)

      • «Yaxshilik qiladigan hech kimsa yo‘q» (3)

  • 15

    • «Ey Yahova, chodiringda kim mehmon bo‘ladi?»

      • Qalbida haqiqatni gapiradi (2)

      • Tuhmat qilmaydi (3)

      • Zarariga bo‘lsa-da, va’dasini bajaradi (4)

  • 16

    • Yahova barakalar Manbai

      • «Yahova ulushim» (5)

      • «O‘y-fikrlarim menga ta’lim beradi» (7)

      • «Yahova o‘ng tomonimda» (8)

      • «Sen meni mozorda tashlab ketmaysan» (10)

  • 17

    • Himoya haqida ibodat

      • «Sen qalbimni tekshirasan» (3)

      • «Qanotlaring soyasida yashirib qo‘y» (8)

  • 18

    • Najot uchun Xudoga hamd-u sano

      • «Yahova mening qoyam» (2)

      • Yahova sodiq bo‘lganga sadoqatli (25)

      • «Tangrining yo‘li mukammaldir» (30)

      • «Kamtarliging meni yuksaltiradi» (35)

  • 19

    • Xudoning ijodlari va qonuni

      • «Samolar Allohning ulug‘vorligidan xabar beradi» (1)

      • Xudoning mukammal qonuni kuch baxsh etadi (7)

      • «Bilmasdan qilgan gunohlarim» (12)

  • 20

    • Xudo tayinlagan shohini qutqaradi

      • Aravalar-u otlarga emas, Yahovaning ismiga tayanamiz (7)

  • 21

    • Yahovaga tayangan shohning barakalari

      • Shohga uzoq umr beriladi (4)

      • Allohning dushmanlari mag‘lub etiladi (8-12)

  • 22

    • Tushkunlik, so‘ngra hamd-u sano

      • «Allohim nima uchun meni tark etding?» (1)

      • «Ular libosim uchun qur’a tashladi» (18)

      • «Jamoat ichra Senga hamd-u sano aytaman» (22, 25)

      • Butun yer yuzi Tangriga topinadi (27)

  • 23

    • «Yahova mening Cho‘ponimdir»

      • «Hech narsada muhtojlik ko‘rmayman» (1)

      • «U menga kuch baxsh etadi» (3)

      • «Kosamni lim-lim to‘ldirasan» (5)

  • 24

    • Ulug‘vor Shoh darvozalardan kiradi

      • Yer yuzi Yahovaga tegishlidir (1)

  • 25

    • Yo‘l-yo‘riq va kechirim so‘rab ibodat qilish

      • «So‘qmoqlaringdan yurishga o‘rgat» (4)

      • Yahova bilan yaqin do‘stlik (14)

      • «Barcha gunohlarimdan o‘t» (18)

  • 26

    • Benuqson bo‘lib yurish

      • «Ey Yahova, meni tekshir» (2)

      • Yovuzlarga qo‘shilmaslik (4, 5)

      • «Qurbongohing atrofida aylanib yuraman» (6)

  • 27

    • Yahova hayotim qo‘rg‘onidir

      • Allohning ma’badini qadrlash (4)

      • Ota-ona tark etsa-da, Yahova tark etmaydi (10)

      • «Yahovaga umid bog‘la» (14)

  • 28

    • Sano bastakorining ibodati ijobat bo‘ladi

      • «Yahova mening qudratim, qalqonimdir» (7)

  • 29

    • Yahovaning mahobatli ovozi

      • Muqaddas liboslarda topinish (2)

      • «Allohning ovozi momaqaldiroqday gulduraydi» (3)

      • «Yahova O‘z xalqiga kuch beradi» (11)

  • 30

    • Qayg‘u quvonchga aylanadi

      • «Iltifotini bir umr ko‘rsatadi» (5)

  • 31

    • Yahovadan boshpana topish

      • «Hayotimni Senga ishonib topshiraman» (5)

      • «Yahova, haqiqat Tangrisi» (5)

      • «Himmating naqadar mo‘l-ko‘ldir» (19)

  • 32

    • Gunohi kechirilgan baxtlidir

      • «Gunohimga iqror bo‘ldim» (5)

      • Tangri senga aql-idrok ato etadi (8)

  • 33

    • Yaratuvchini madh etish

      • «Unga yangi qo‘shiq kuylang» (3)

      • Yahovaning so‘zi va nafasidan vujudga kelgan (6)

      • Yahovaning xalqi baxtli (12)

      • Yahovaning nigohi (18)

  • 34

    • Yahova xizmatchilarini qutqaradi

      • «Uning ismini ko‘klarga ko‘taraylik» (3)

      • «Yahovaning farishtasi qutqaradi» (7)

      • «Totib ko‘r, shunda Yahova yaxshi ekanini bilib olasan» (8)

      • Hech bir suyagi sindirilmaydi (20)

  • 35

    • Dushmanlaridan qutqarish haqida ibodat

      • Dushmanlar quvib yuboriladi (5)

      • Xaloyiq orasida Xudoni sharaflash (18)

      • Besabab nafratlanishadi (19)

  • 36

    • Xudoning cheksiz mehr-sadoqati

      • Yovuz kishi Allohdan qo‘rqmaydi (1)

      • Xudo hayot manbaidir (9)

      • «Sening nuring tufayli biz nurni ko‘ramiz» (9)

  • 37

    • Yahovaga tayangan ravnaq topadi

      • «Yovuz odamlar dastidan diling og‘rimasin» (1)

      • «Yahova quvonching manbai bo‘lsin» (4)

      • «Yo‘lingni Yahovaga ishonib topshir» (5)

      • «Kamtar kishilar yer yuziga egalik qiladi» (11)

      • Odil kishi non so‘rab yurmaydi (25)

      • Odil kishilar yer yuzida umrbod yashaydi (29)

  • 38

    • Tavba qilganning ibodati

      • «Qayg‘u chekib, bukchayib qoldim» (6)

      • Yahova Uni kutadiganlarni eshitadi (15)

      • «Gunohim dastidan halovatimni yo‘qotdim» (18)

  • 39

    • Hayotning qisqaligi

      • «Inson umri bir nafasdaydir» (5, 11)

      • «Ko‘z yoshlarimga beparvo bo‘lma» (12)

  • 40

    • Tengi yo‘q Xudoga shukrlar aytish

      • «Qilgan ishlaring behisobdir» (5)

      • «Sen qurbonliklar-u nazrlarni istamading» (6)

      • «Irodangni bajarishdan zavq topaman» (8)

  • 41

    • Betobning ibodati

      • «Xudo kasalni qo‘llab-quvvatlaydi» (3)

      • Yaqin do‘stning xoinligi» (9)

  • 42

    • Buyuk Najotkorni madh etish

      • Kiyik oqar suvga intilganiday, Xudoga muhtojlik (1, 2)

      • «Nega men tushkun ahvoldaman?» (5, 11)

      • «Xudoni kutgin» (5, 11)

  • 43

    • Alloh Hakam sifatida qutqaradi

      • «Nuring va haqiqatingni yubor» (3)

      • «Nega men tushkun ahvoldaman?» (5)

      • «Xudoni kutgin» (5)

  • 44

    • Yordam haqida ibodat

      • «Bizni Sen xalos etgansan» (7)

      • «So‘yiladigan qo‘ylarday» (22)

      • «O‘rningdan turib, bizga yordam ber!» (26)

  • 45

    • Moylangan shohning nikohi

      • «Yoqimli so‘zlar» (2)

      • «Xudo abadulabad taxting bo‘ladi» (6)

      • Kelinning latofati shoh qalbini zabt etdi (11)

      • O‘g‘illar yer yuzi ustidan beklar bo‘ladi (16)

  • 46

    • «Xudo bizning boshpanamiz»

      • Allohning ajoyib ishlari (8)

      • «Xudo yer yuzi bo‘ylab janglarga barham beradi» (9)

  • 47

    • Tangri yer yuzi ustidan Shoh

      • «Yahova Taolo mahobatlidir» (2)

      • Xudoga madhlar kuylang (6, 7)

  • 48

    • Sion Ulug‘ Shohning shahridir

      • «Butun yer yuzining quvonchi» (2)

      • Shahar va minoralarni ko‘zdan kechirish (11-13)

  • 49

    • Boylikka tayanish ahmoqlik

      • Hech kim boshqani qutqara olmaydi (7, 8)

      • Alloh mozordan qutqaradi (15)

      • Boylik o‘limdan qutqara olmaydi (16, 17)

  • 50

    • Xudo odil va yovuzni hukm qiladi

      • Alloh qurbonlik asosida ahd qiladi (5)

      • «Tangrining O‘zi Hakamdir» (6)

      • Hayvonlarning bari Xudoga tegishli (10, 11)

      • Alloh yovuzlarni fosh etadi (16-21)

  • 51

    • Tavba qilganning ibodati

      • «Onam qornida paydo bo‘lganimdayoq gunohkor edim» (5)

      • «Meni gunohimdan pokla» (7)

      • «Ichimda pok yurak yarat» (10)

      • Ezilgan yurak Xudoga ma’qul (17)

  • 52

    • Tangrining mehr-sadoqatiga tayanish

      • Yovuz ishlari bilan maqtanadiganlarni ogohlantirish (1-5)

      • Xudosizlar mol-u davlatiga umid bog‘laydi (7)

  • 53

    • Nodonlarning ta’rifi

      • Nodon: «Yahova yo‘q»,— deydi (1)

      • «Yaxshilik qiladigan hech kimsa yo‘q» (3)

  • 54

    • Yov orasida bo‘lganda qilingan ibodat

      • «Mening yordamchim Xudodir!» (4)

  • 55

    • Do‘st xoinlik qilganda aytilgan ibodat

      • Yaqin do‘stning mazax qilishi (12-14)

      • «G‘am-tashvishingni Yahovaga tashla» (22)

  • 56

    • Quvg‘unda aytilgan ibodat

      • «Xudodan umid qilaman» (4)

      • «Ko‘z yoshlarimni meshingga yig‘ib qo‘y» (8)

      • «Inson menga nima ham qila olardi?!» (4, 11)

  • 57

    • Iltifot so‘rash

      • «Qanotlaring soyasida panoh topayin» (1)

      • Dushmanlarim qazigan chohga o‘zlari tushdi (6)

  • 58

    • Yer yuzini hukm qiladigan Xudo bor

      • Yovuzlarni jazolash haqida ibodat (6-8)

  • 59

    • Alloh qalqon va boshpanadir

      • «Xoinlarning hech biriga rahm qilma» (5)

      • «Qudratingni tarannum etaman» (16)

  • 60

    • Tangri dushmanlarni bo‘ysundiradi

      • «Odamzoddan najot kutish befoyda» (11)

      • «Alloh bizga kuch beradi» (12)

  • 61

    • Xudo dushmandan himoyalovchi mustahkam minoradir

      • «Chodiringda toabad mehmon bo‘laman» (4)

  • 62

    • Tangri najot beradi

      • «Allohni sabr bilan kutaman» (1, 5)

      • «Yuragingizni Unga to‘kib soling» (8)

      • «Inson o‘g‘illari bir nafasdir» (9)

      • «Boylikka tayanmang» (10)

  • 63

    • Xudoni kutish

      • «Mehr-sadoqating hayotdan ham afzalroqdir» (3)

      • To‘ygan kishiday mamnun bo‘laman (5)

      • «Tunda Sen haqingda mulohaza yuritaman» (6)

      • «Sendan aslo ayrilmayman» (8)

  • 64

    • Yashirin hujumlardan himoya

      • «Xudo ularga qarata o‘q uzadi» (7)

  • 65

    • Alloh yerga g‘amxo‘rlik qiladi

      • «Ibodatlarni Eshitguvchi» (2)

      • Sen tanlagan kishi baxtli (4)

      • Xudoning mo‘l-ko‘l himmati (11)

  • 66

    • Tangrining mahobatli ishlari

      • «Keling, Allohning ishlarini ko‘ring» (5)

      • «Senga bergan va’dalarimni bajaraman» (13)

      • Xudo ibodatni eshitadi (18-20)

  • 67

    • «Butun yer yuzidagi odamlar Allohdan qo‘rqadi»

      • Tangrining yo‘li ma’lum bo‘ladi (2)

      • «Barcha xalqlar Seni madh etsin» (3, 5)

      • «Xudoyimiz bizni barakali qiladi» (6, 7)

  • 68

    • Allohning dushmanlari tumtaraqay bo‘lsin!

      • «Yetimlarning Otasi» (5)

      • «Yolg‘iz insonlarni Tangri uy-joyli qiladi» (6)

      • «Xushxabarni e’lon qilayotgan ayollar» (11)

      • «Odamlarni hadya qilib olding» (18)

      • Yahova har kuni og‘irligimizni ko‘taradi (19)

  • 69

    • Qutqarilish haqida ibodat

      • «Uyingga bo‘lgan rashkim ichimda olov bo‘lib yonyapti» (9)

      • «Tezroq menga javob ber» (17)

      • «Chanqaganimda ular menga sirka berdi» (21)

  • 70

    • Tig‘iz paytdagi ibodat

      • «Meni himoya qilishga shoshil» (5)

  • 71

    • Keksalarning ishonchi

      • «Yoshligimdan Senga tayanganman» (5)

      • «Kuchdan qolganimda» (9)

      • «Yoshligimdan menga ta’lim bergansan» (17)

  • 72

    • Xudo tayinlagan shoh boshqaruvi

      • «Adolat gullab-yashnaydi» (7)

      • «Dengizdan dengizga qadar» (8)

      • «Jabr-zulmdan xalos qiladi» (14)

      • «Yer yuzida g‘alla mo‘l bo‘ladi» (16)

      • Xudoning ismi abadiy maqtalsin (19)

  • 73

    • Xudojo‘y gullab-yashnaydi

      • Oyoqlarim toyib ketayozdi (2)

      • «Kun bo‘yi aziyat chekardim» (14)

      • «Xudoning muqaddas maskaniga kirganda» (17)

      • Yovuzlar sirpanchiq yerga qo‘yilgan (18)

      • «Xudoga yaqinlashish qanchalar yaxshi!» (28)

  • 74

    • Xalqini unutmasligi haqida ibodat

      • Xudo najot berganini eslash (12-17)

      • G‘animning mazax qilganini yodga ol (18)

  • 75

    • Alloh adolat ila hukm qiladi

      • Yovuzlar Yahovaning kosasidan ichadi (8)

  • 76

    • Sionning dushmanlari ustidan Xudoning g‘alabasi

      • Alloh kamtarin kishilarni qutqaradi (9)

      • Dushmanlar g‘ururi sindiriladi (12)

  • 77

    • Qayg‘u chekkanda aytilgan ibodat

      • Xudoning ishlari borasida fikr yuritish (11, 12)

      • «Sendek ulug‘ xudo bormi, ey Allohim?» (13)

  • 78

    • Tangri g‘amxo‘rligi va Isroilning imonsizligi

      • Kelajak avlodga aytiladigan ishlar (2-8)

      • «Ular Allohga ishonmadi» (22)

      • Osmon doni (24)

      • Ular Isroilning Muqaddas Tangrisiga ozor yetkazdi (41)

      • Misrdan to va’da qilingan yurtgacha (43-55)

      • Ular tinmay Xudoni sinadi (56)

  • 79

    • Dushman hujumi qarshisidagi ibodat

      • «Isnodga qoldik» (4)

      • «Isming haqqi bizga yordam ber» (9)

      • Qo‘shnilarimizga yetti baravar qaytar (12)

  • 80

    • Isroil Cho‘ponidan marhamat tilash

      • «O‘z marhamatingni ko‘rsat» (3)

      • Isroil Xudoning tok novdasi (8-15)

  • 81

    • Bo‘ysunishga da’vat

      • Begona xudoga sajda qilmang (9)

      • «So‘zlarimga quloq solganingda edi!» (13)

  • 82

    • Odil hukm yuritishni so‘rash

      • Tangri xudolar orasida hukm yuritadi (1)

      • Bechorani himoya qilish (3)

      • «Sizlar xudolarsiz» (6)

  • 83

    • Dushmanlarga duch kelganda ibodat qilish

      • «Ey Tangrim, sukut saqlama!» (1)

      • Yovlar quyun uchirib ketadigan yantoqdaydir! (13)

      • Allohning ismi Yahova (18)

  • 84

    • Xudoning ulug‘vor muqaddas chodirini qo‘msash

      • Levi qush singari bo‘lishni istaydi (3)

      • «Hovlilaringda o‘tgan bir kun» (10)

      • «Xudo quyoshimiz va qalqonimizdir» (11)

  • 85

    • Marhamat so‘rab ibodat qilish

      • Tangri sadoqatli kishilarga tinchlik haqida so‘zlaydi (8)

      • «Vafo bilan mehr-sadoqat uchrashadi» (10)

  • 86

    • Yahovaga o‘xshash xudo yo‘q

      • Yahova kechirishga tayyor (5)

      • Barcha xalqlar Yahovaga topinadi (9)

      • «O‘z yo‘ling haqida menga ta’lim ber» (11)

      • «Yuragimni butun qil» (11)

  • 87

    • Sion haq Xudoning shahridir

      • Sionda tug‘ilganlar (4-6)

  • 88

    • O‘limdan asrash haqida ibodat

      • «Hayotim mozor yoqasida turibdi» (3)

      • Har tong Senga ibodat qilaman (13)

  • 89

    • Yahovaning mehr-sadoqati to‘g‘risida kuylash

      • Dovud bilan qilingan ahd (3)

      • Dovudning zurriyoti (4)

      • Xudoning moylangani Uni: «Ota»,— deb chaqiradi (26)

      • Dovud bilan qilingan ahd o‘zgarmasdir (34-37)

      • Inson qabrdan qocha olmaydi (48)

  • 90

    • Xudo abadiy, insonning umri qisqa

      • Ming yil U uchun kechagi kunday (4)

      • Inson yetmish-sakson yil yashaydi (10)

      • «Kunlarimizni qadrlashni bizga o‘rgat» (12)

  • 91

    • «Alloh Taoloning yashirin joyi»

      • Qush tutuvchining tuzog‘idan xalos bo‘lish (3)

      • Xudoning qanotlari ostida panoh topish (4)

      • Mingtasi qulasa-da, omon qolish (7)

      • Farishtalar qo‘riqlaydi (11)

  • 92

    • Yahova toabad yuksaladi

      • Uning buyuk ijodlari va teran o‘ylari (5)

      • Odil inson daraxt kabi gullab-yashnaydi (12)

      • «Keksalikda ham ular gurkirab o‘saveradi» (14)

  • 93

    • Yahovaning ulug‘vor boshqaruvi

      • «Yahova Shoh bo‘ldi!» (1)

      • «Eslatmalaring juda ishonchlidir» (5)

  • 94

    • O‘ch olish haqida ibodat

      • «Qachongacha yovuzlar tantana qiladi?!» (3)

      • Yahning tarbiyasi baxt keltiradi (12)

      • Xudo O‘z xalqini tark etmaydi (14)

      • «Qonundan foydalanib yovuzlikni niyat qilish» (20)

  • 95

    • Haq topinish va itoatkorlik

      • «Agar bugun Uning ovozini eshitsangiz» (7)

      • «Toshyurak bo‘lmang» (8)

      • «Ular farog‘atimga kirmaydi» (11)

  • 96

    • «Yahovaga atab yangi qo‘shiq kuylang»

      • «Yahova buyukdir, ko‘p maqtovga loyiqdir» (4)

      • Xalqlarning xudolari behuda (5)

      • Muqaddas liboslarda topinish (9)

  • 97

    • Yahova boshqa xudolardan yuksak

      • «Yahova Shoh bo‘ldi!» (1)

      • Yahovani sevib, yomonlikdan nafratlaning (10)

      • «Odil inson uchun nur» (11)

  • 98

    • Yahova Najotkor va odil Hakam

      • «Yahova O‘z najotini namoyon qildi» (2, 3)

  • 99

    • Yahova muqaddas Shoh

      • «U karublar ustida taxtda o‘tiribdi» (1)

      • Xudo kechiradi va jazolaydi» (8)

  • 100

    • Yaratuvchiga shukrona aytish

      • «Xursand bo‘lib Yahovaga xizmat qiling» (2)

      • «Bizni U yaratgan» (3)

  • 101

    • Benuqsonlik yo‘lida yurgan hukmdor

      • Takabburlarga toqat qilmayman (5)

      • «Sodiq insonlarga nazar solaman» (6)

  • 102

    • Jabrdiydaning ibodati

      • «Yolg‘iz qolgan qushga o‘xshayman» (7)

      • «Hayotim yo‘qolib borayotgan soya kabidir» (11)

      • «Yahova Sionni qayta quradi» (16)

      • Yahova toabad turadi (26, 27)

  • 103

    • «Ey jonim, Yahovani madh et»

      • Xudo qilmishlarimizni uzoqlashtiradi (12)

      • Tangrining otalarcha marhamati (13)

      • «Tuproq ekanimizni yodida tutadi» (14)

      • Yahovaning taxti va shohligi (19)

      • Farishtalar Allohning so‘zini ado etadi (20)

  • 104

    • Mo‘jizaviy ishlari uchun Allohni madh etish

      • Yer aslo tebranmaydi (5)

      • O‘tkinchi insonga sharob va non beradi (15)

      • «Naqadar ko‘pdir Sening ishlaring» (24)

      • «Hayot uchqunini olib qo‘ysang, ular o‘ladi» (29)

  • 105

    • Yahovaning O‘z xalqiga bo‘lgan sadoqati

      • «U O‘z ahdini abadiy yodda tutadi» (8-10)

      • «Men moylagan kishilarga tegmang» (15)

      • Xudo qullikdagi Yusufdan foydalanadi (17-22)

      • Tangrining Misrdagi mo‘jizalari (23-36)

      • Isroil xalqining Misrdan chiqishi (37-39)

      • Alloh Ibrohimga bergan va’dasini yodda tutadi (42)

  • 106

    • Noshukur Isroil

      • Ular tezda Xudoning ishlarini unutdi (13)

      • Ular Tangri ulug‘vorligini buqaning tasviriga almashtirdi (19, 20)

      • Ular Allohning va’dasiga ishonmay qo‘ydi (24)

      • Ular Baalga sig‘ina boshladi (28)

      • Bolalarini jinlarga qurbon qildi (37)

  • 107

    • Ajoyib ishlari uchun Xudoga shukrona

      • Tangri ularni to‘g‘ri yo‘ldan yetaklardi (7)

      • Chanqaganni qondirdi, ochiqqanni to‘ydirdi (9)

      • Ularni zulmatdan olib chiqdi (14)

      • U amr berib ularni davolaydi (20)

      • U kambag‘allarni zulmdan himoyalaydi (41)

  • 108

    • G‘alaba uchun ibodat

      • Odamzoddan najot kutish befoyda (12)

      • «Alloh bizga kuch beradi» (13)

  • 109

    • Azob chekkan kishining ibodati

      • «Nozirlik vazifasini boshqasi oladi» (8)

      • «U bechora kishining o‘ng tomonida turadi» (31)

  • 110

    • Malikisidq kabi shoh va ruhoniy

      • Dushmanlaring orasida hukmronlik qil (2)

      • «Yigitlaring saharda tushgan shabnam kabidir (3)

  • 111

    • Buyuk ishlari uchun Yahovaga shukrona

      • Xudoning ismi muqaddas va haybatli (9)

      • Yahovadan qo‘rqish donolikning boshidir (10)

  • 112

    • Odil kishi Yahovadan qo‘rqadi

      • Saxiylik bilan qarz berganning ishi yurishadi (5)

      • «Odil kishi hech qachon unutilmaydi (6)

      • Saxiy nochor bilan bo‘lishadi (9)

  • 113

    • Alloh bechorani turg‘izadi

      • «Yahovaning ismiga maqtovlar yog‘ilsin» (2)

      • Xudo egilib yerga qaraydi (6)

  • 114

    • Isroil xalqining Misrdan chiqishi

      • Dengiz ikkiga bo‘lindi (5)

      • Tog‘lar qo‘chqorday sakradi (6)

      • Qoyani buloqga aylantirdi (8)

  • 115

    • Yolg‘iz Xudo sharafga loyiqdir

      • Jonsiz butlar (4-8)

      • Yerni u insonlarga bergan (16)

      • «O‘liklar Yahga hamd-u sano aytmaydi» (17)

  • 116

    • Shukrona qo‘shig‘i

      • Yahovaga qanday qaytaraman? (12)

      • «Men najot kosasini olaman» (13)

      • Yahovaga ichgan qasamlarimni bajaraman (14, 18)

      • Sadoqatli xizmatchilar o‘limi qimmatbahodir (15)

  • 117

    • Xalqlar Yahovaga madhlar aytsin

      • Yahovaning mehr-sadoqati cheksizdir (2)

  • 118

    • Yahovaning g‘alabasi uchun shukrona

      • «Qayg‘uli kunimda Yahni chaqirdim» (5)

      • «Yahova men tomonda» (6, 7)

      • Burchakka qo‘yiladigan negiz toshi (22)

      • «Yahovaning nomidan kelayotgan inson» (26)

  • 119

    • Alloh Kalomi uchun minnatdorlik

      • «Yigit yo‘lini qanday pok saqlay oladi?» (9)

      • «Eslatmalaringni yaxshi ko‘raman» (24)

      • «Kalomingga umid bog‘laganman» (74, 81, 114)

      • «Qonuningni qanchalar yaxshi ko‘raman!» (97)

      • «Ustozlarimdan ham fahm-farosatliroq bo‘ldim» (99)

      • «Kaloming qadamlarim uchun chiroqdir» (105)

      • «Kaloming asosi haqiqatdir» (160)

      • Kalomingni sevadiganlar tinch yashaydi (165)

  • 120

    • Tinchlik tarafdori bo‘lgan musofir

      • «Hiylakor tildan xalos et» (2)

      • «Men tinchlik tarafdoriman» (7)

  • 121

    • Yahova O‘z xalqini himoyalaydi

      • «Yahova menga yordamga keladi» (2)

      • Yahova hech qachon mudramaydi (3, 4)

  • 122

    • Quddusga tinchlik tilab ibodat qilish

      • Yahovaning uyiga borishdan quvonch (1)

      • «Bir butunni tashkil etadigan shahar» (3)

  • 123

    • Yahovaning marhamatiga ko‘z tikish

      • Ko‘zlarimizni Yahovaga qaratamiz (2)

      • «Haqoratdan to‘yib ketdik» (3)

  • 124

    • «Agar Yahova biz bilan bo‘lmaganida»

      • «Tuzoq sindi, biz qutuldik» (7)

      • Yahovaning ismi yordamchimizdir (8)

  • 125

    • Yahova O‘z xalqini himoyalaydi

      • «Quddusni tog‘lar o‘rab turganiday» (2)

      • «Isroilda tinchlik bo‘lsin!» (5)

  • 126

    • Sionning qayta tiklanishi

      • «Yahova ular uchun buyuk ishlar qildi» (3)

      • Ko‘z yoshlar shodlikka aylanadi (5, 6)

  • 127

    • Xudosiz barcha narsa yo‘qga chiqadi

      • «Uyni Yahova qurmasa» (1)

      • «Bolalar Undan mukofotdir» (3)

  • 128

    • Yahovadan qo‘rqqan baxtiyordir

      • Xotin serhosil tok novdasiday (3)

      • «Quddusning gullab-yashnashini ko‘ring» (5)

  • 129

    • Hujum qilsa-da, yenga olmaydi

      • Siondan nafratlanganlar isnodga qoladi» (5)

  • 130

    • «Umidsizlik ummonidan Seni chaqirdim»

      • «Xatolarimizga diqqat qaratadigan bo‘lsang» (3)

      • Yahova chin dildan kechiradi (4)

      • «Yahovani sabrsizlik bilan kutyapman» (6)

  • 131

    • «Sutdan chiqarilgan boladek ovundim»

      • «Buyuk narsalarga intilmadim» (1)

  • 132

    • Dovud va Sion tanlandi

      • «Moylanganingni rad etma» (10)

      • Sion ruhoniylariga najotni kiyimday kiydiradi (16)

  • 133

    • Birlikda ahil yashash

      • Horunning boshiga quyiladigan moy kabi (2)

      • «Xermon shudringi kabidir» (3)

  • 134

    • Tunlari Yahovani madh etish

      • «Muqaddaslik ila qo‘llaringizni ko‘taring» (2)

  • 135

    • Ulug‘vor Yahni madh eting

      • Misrda ko‘rsatilgan alomatlar-u mo‘jizalar (8, 9)

      • «Isming abadiy bor bo‘ladi» (13)

      • Jonsiz butlar (15-18)

  • 136

    • «Yahovaning mehr-sadoqati mangudir»

      • Yer-u osmon mahorat ila yaratilgan (5, 6)

      • Fir’avn Qizil dengizga uloqtirildi (15)

      • Xudo kamsitilganlarni unutmaydi (23)

      • «Jamiki tirik jonga rizqini beradi» (25)

  • 137

    • Bobildagi daryolar bo‘yida

      • Sion haqida qo‘shiq kuylanmaydi (3, 4)

      • Bobil vayron etiladi (8)

  • 138

    • Alloh yuksak bo‘lsa-da, g‘amxo‘rdir

      • Ibodatimga javob berding (3)

      • «Xavf ostida bo‘lsam ham, meni tirik saqlaysan» (7)

  • 139

    • Tangri O‘z xizmatchilarini yaxshi biladi

      • Allohning ruhidan qochib bo‘lmaydi (7)

      • Naqadar ajoyib yaratilganman (14)

      • «Pusht shaklida bo‘lganimda ko‘zlaring meni ko‘rgan» (16)

      • «Meni abadiyat yo‘lidan yetakla» (24)

  • 140

    • Yahova kuchli Najotkor

      • Yovuz odam ilon kabidir (3)

      • Zo‘ravonlar yo‘q bo‘ladi (11)

  • 141

    • Himoya haqida ibodat

      • Ibodatim tutatqiday bo‘lsin (2)

      • Odilning tanbehi boshga quyilgan moyday (5)

      • Yovuzlar o‘zi qo‘ygan to‘rga tushadi (10)

  • 142

    • Ta’qibchilardan qutulish haqida ibodat

      • «Hech qayerga qocha olmayman» (4)

      • «Bor-u yo‘g‘im Sensan» (5)

  • 143

    • «Qaqragan yer kabi Senga tashnaman»

      • «Barcha amallaring haqida o‘ylayman» (5)

      • «Irodangni bajarishga meni o‘rgat» (10)

      • Sening ruhing meni boshlab borsin (10)

  • 144

    • G‘alaba uchun ibodat

      • «O‘tkinchi inson nedirki?» (3)

      • «Dushmanlarni to‘zg‘itib yubor» (6)

      • Yahovaning xalqi baxtlidir (15)

  • 145

    • Buyuk Shoh bo‘lmish Allohni madh etish

      • «Sening ulug‘vorligingni e’lon qilaman» (6)

      • «Yahova barcha yaratganlariga marhamatli» (9)

      • «Sadoqatli xizmatchilaring Seni madh etadi» (10)

      • Xudoning shohligi mangu turadi (13)

      • Tangri qo‘lini ochib, barchani qondiradi (16)

  • 146

    • Insonga emas, Allohga tayaning

      • O‘lgach, odamning o‘y-fikrlari puchga chiqadi (4)

      • Xudo qaddi bukilganni rostlaydi (8)

  • 147

    • Qudratli ishlari uchun Tangrini olqishlang

      • «Dili vayronlarga U shifo beradi» (3)

      • U yulduzlarni nomma-nom chaqiradi (4)

      • «U oppoq junday qor yog‘diradi» (16)

  • 148

    • Butun mavjudot Yahovani madh etadi

      • «Uning barcha farishtalari, Uni madh eting!» (2)

      • Quyosh, oy va yulduzlar Uni madh etsin (3)

      • Yosh-u qari Uni madh etsin (12, 13)

  • 149

    • Xudoning g‘alabasini tarannum etish

      • «Yahova O‘z xalqidan mamnundir» (4)

      • «Sharaf Unga sodiq bo‘lganlarga tegishlidir» (9)

  • 150

    • Har bir tirik jon Yahni madh etsin

      • «Yahni madh eting!» (1, 6)