Zabur 55:1-23

  • Do‘st xoinlik qilganda aytilgan ibodat

    • Yaqin do‘stning mazax qilishi (12-14)

    • «G‘am-tashvishingni Yahovaga tashla» (22)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Torli asboblar jo‘rligida. Maskil*. Dovud sanosi. 55  Ey Allohim, ibodatimga quloq sol+,Rahm so‘rab qilgan iltijoimga beparvo bo‘lma*+.   Menga e’tibor qaratib, javob ber+. Tashvishlarim dastidan halovatimni yo‘qotdim+.Aql-u hushimdan ayrildim.   Dushmanimning gaplaridan,Yovuz kimsaning bosimi dastidan shu ko‘yga tushdim. Chunki ular boshimga balo yog‘dirib,G‘azabga minib, menga qarshi tish qayrayapti+.   Yurak-bag‘rim qon bo‘ldi+,O‘lim dahshati meni qamrab oldi+.   Meni qo‘rquv va titroq bosdi,Iztirob meni iskanjaga oldi.   Men shunday deyman: «Qaniydi kabutarnikiday qanotlarim bo‘lganida, Uchib ketib, xatarsiz joyda makon qurardim!   Uzoq-uzoqlarga qochib ketardim+. Cho‘l-u biyobonda qo‘nim topardim+. (Sela)   Kuchli shamol va bo‘rondan qochib,Pana joyga oshiqqan bo‘lardim».   Ey Yahova, ularni sarosimaga sol, rejalarini yo‘qga chiqar+.Chunki shaharda bo‘layotgan zo‘ravonlig-u mojaroni ko‘rib turibman. 10  Ular tun-u kun shahar devorlari ustida aylanib yuribdi,Shahar ichida esa jinoyat-u tartibsizliklar hukm surmoqda+. 11  Shahardan yovuzlik,Uning maydonidan jabr-zulm va tovlamachilik arimayapti+. 12  Meni mazax qilayotgan o‘z dushmanim emas+,Aks holda, bardosh bergan bo‘lardim. Menga qarshi ko‘tarilgan raqibim emas,Yo‘qsa undan yashirinib olgan bo‘lardim. 13  Ammo sen ham o‘zimday bir insonsan-ku+,Mening yaqin o‘rtog‘imsan-ku+. 14  Ikkimiz chin do‘st ekanimizdan quvonib yurardik,Xaloyiq bilan birgalikda Xudoning uyiga borardik. 15  Dushmanlarim yo‘q bo‘lib+, Tiriklayin go‘rga* kirib ketsin!Boisi, ularning oralarida va qalblarida yovuzlik in qurgan. 16  Men bo‘lsam, Allohga yolvoraman,Yahova meni qutqaradi+. 17  Ertalab, tush payti-yu kechqurun halovat bilmay fig‘on chekaman+,U mening ovozimni eshitadi+. 18  Menga qarshi jang qilayotganlardan qutqarib, jonimga orom baxsh etadi.Chunki ko‘p odam menga qarshi ko‘tarildi+. 19  Azaldan taxtda o‘tirgan Zot+, (Sela)Alloh meni eshitib, ularga qarshi chora ko‘radi+. Zero, ular yomon yo‘llaridan qaytishni istamaydi,Xudodan ham qo‘rqmaydi+. 20  U* o‘z do‘stlariga hujum qildi+,U ahdini buzdi+. 21  Uning so‘zlari sariyog‘dan ham yoqimli+,Ammo qalbi adovatga to‘la. Uning so‘zlari moydan ham yoqimli,Biroq ular qinidan sug‘urilgan qilichdaydir+. 22  G‘am-tashvishingni Yahovaga tashla+,Uning O‘zi senga tayanch bo‘ladi+. Odil kishining yiqilishiga U aslo yo‘l qo‘ymaydi+. 23  Yovuz kimsalarni esa Sen go‘rga tushirasan, ey Xudo+. Qonxo‘r va aldamchilar umrining yarmini ham yashamaydi+. Men bo‘lsam, Senga umid bog‘layman.

Izohlar

Yoki «Yordam so‘rab ibodat qilganimda, mendan yashirinma».
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atdagi «mozor» so‘ziga q.
Ya’ni 13- va 14- oyatlarda aytilgan sobiq do‘sti.