Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

123-QO‘SHIQ

Ilohiy tartibga sadoqat-la bo‘ysunamiz

Ilohiy tartibga sadoqat-la bo‘ysunamiz

(1 Korinfliklarga 14:33)

  1. 1. Va’z etgaymiz har kun Yahova haqda,

    Topsin haq yo‘lni deb har tashna banda.

    Biz amal qilgaymiz Rab aytgan gapga

    Va sodiq qolgaymiz jon-dildan Unga.

    (NAQAROT)

    Biz bo‘ysungaymiz chin sadoqat-la

    Tanho Rabga mudom.

    U siylagay lutfi-karami-la

    Va bo‘lgay mangu Qalqon.

  2. 2. Rab berar Kengash-la yo‘l-yo‘riq bizga

    Va boshlar ruhi-la doim haq yo‘lga.

    Biz sobit turgaymiz, shod aylab Yahni,

    Farz-amrin aytgaymiz, madh etib Uni.

    (NAQAROT)

    Biz bo‘ysungaymiz chin sadoqat-la

    Tanho Rabga mudom.

    U siylagay lutfi-karami-la

    Va bo‘lgay mangu Qalqon.

(Shuningdek, Luqo 12:42; Ibron. 13:7, 17 ga qarang.)