Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

128-QO‘SHIQ

So‘nggi damga qadar chidang

So‘nggi damga qadar chidang

(Matto 24:13)

  1. 1. Bardosh qilish-chun kuch berur

    Alloh aytgan so‘zlar.

    Ular jonli va chin erur,

    Dilga umid bag‘ishlar.

    Alloh kunin yodda saqlab,

    Imonda sobit turing.

    Sinov payti taslim bo‘lmang,

    Qat’iy, benuqson qoling.

  2. 2. Yahga bo‘lgan qaynoq sevgi

    Hech so‘nmasin qalbda.

    Qaro kunga ham dosh bering,

    Choping hayot yo‘lida.

    Sinov kelsa qo‘rqmas bo‘ling,

    Shubhani quving dildan.

    Faqat Rabdan panoh izlang,

    Bo‘lar U sizga Hamdam.

  3. 3. So‘nggi damga qadar chidab,

    Inson topar najot.

    Shunga maqsad ila chopib,

    Toping bardosh-u sabot.

    Rab O‘z qulin esda saqlar,

    Ismini yozib qo‘yar.

    U lutf aylab, mehrin sochar,

    Cheksiz baxt in’om etar.